ⓘ Fargona furan birikmalari kimyo zavodi - gidroliz sanoatining yirik korxonasi. Ozkimyosanoat davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Davlat korxonasi m ..

                                     

ⓘ Fargona furan birikmalari kimyo zavodi

Fargona furan birikmalari kimyo zavodi - gidroliz sanoatining yirik korxonasi. "Ozkimyosanoat" davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Davlat korxonasi maqomiga ega. Korxonada paxta shulxasi, sholi qipigi, paxta linti va boshqa mahalliy xom ashyodan organik sintez kimyoviy mahsulotlari, shu jumladan, furfurin, tetragidrofurfurin, etil va texnik spirtlar, qatron, paxta sellyulozasi, tormoz suyuqligi ishlab chiqariladi. Mahsulotlari konmetallurgiya, avtomobilsozlik, toqimachilik, neft kimyosi va boshqa sanoat tarmoqlarida qollaniladi.

Korxona gidroliz zavodi sifatida tashkil etilib, birinchi navbati 1946 yil dek.da ishga tushirildi va etil spirti ishlab chiqarila boshlandi. 1947 yildan furfuron, 1950 yildan ksilitan, 1955 yildan karbonat angidrid, 1964 yildan tetragidrofuril spirti, yem achitqisi, terogidrofuran va boshqa sexlar qurilib foydalanishga topshirildi. 1963 yildan hozirgi nomda. 2001 yilda Germaniyaning "Uniomateks" firmasi bilan hamkorlikda sellyuloza ishlab chiqarish yolga qoyildi. Mahsulotlari MDH mamlakatlariga eksport qilinadi.