ⓘ Fargona halqa avtomobil yoli - umumdavlat ahamiyatidagi yol. Namangan viloyatining Pungon qishlogida A373 Toshkent - Osh xalqaro avtomobil yolidan boshlanib, Ko ..

                                     

ⓘ Fargona halqa avtomobil yoli

Fargona halqa avtomobil yoli - umumdavlat ahamiyatidagi yol. Namangan viloyatining Pungon qishlogida A373 "Toshkent - Osh" xalqaro avtomobil yolidan boshlanib, Koqon - Rishton - Fargona - Andijon - Namangan - Chuyet - Pop shaharlaridan otib Fargona viloyatining Qoqon shahrida yana A373 avtomobil yoliga tutashadi. Yolga 1931 yilda asos solingan bolib, xalq hashari usuli bilan qurilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida qarovsizlik oqibatida buzilib yaroqsiz qolga keldi. Urushdan keyin 1946 - 53 yillarda qayta qurildi, Fargona vodiysining asosiy avtomobil yoliga aylantirildi va yol boylab muntazam yolni saklash xizmati tashkil qilindi. Keyinchalik yol yonalishidan chetda bolgan Chust va Shahrixon shaharlariga, Fargona dam olish zonasiga, Namangan aeroportiga, Pop temir yol styasiga, Karkidon suv omboriga va boshqa xojalik obyektlariga uz. 43 km ni tashkil qiluvchi chiqish yollari ham qurilib halqa yol bilan uzviy boglandi. Umumiy uz. 295 km, shundan 159 km - I toifali, 133 km - II toifali, 3 km - 111 toifali, qattiq asfaltbeton toshamali, yil davomidagi kunlik transport harakati jadalligi yolning turli qismlarida turlicha bolib 5000 - 12000 avtomobil /kunni tashkil qiladi. Yolning daryolar, kattakichik tabiiy suv ozanlari bilan kesishuv qismlarida uz. 5256 m bolgan 88 temirbeton kopriklar va uz. 20953 m bolgan 654 temirbeton quvurlar qurilgan.

Adtreltsov I. V., Semyonov L.I., Opit stroitelstva avtomobilnix dorog v Uzbekistane, T., 1965.

Tohirjon Mirzayev.