ⓘ Farhod, obraz. Farhod - Sharq xalklari ogzaki va yozma adabiyotida keng tarqalgan obraz. F. qad. mifologiya va folklorda tog qahramoni sifatida tasvirlangan. Ri ..

                                     

ⓘ Farhod (obraz)

Farhod - Sharq xalklari ogzaki va yozma adabiyotida keng tarqalgan obraz. F. qad. mifologiya va folklorda tog qahramoni sifatida tasvirlangan. Rivoyatlarda F. afsonaviy kuchlardan ham yuqori qoyilgan. Badiiy adabiyotda dastlab forstojik shoiri Ogochiy sherlarida tilga olingan. Balamiy, Abu Dulaf asarlarida F. Shirin bilan bogliq qahramon sifatida eslangan. Sharq adabiyotida birinchi bolib’ Nizomiy F. obrazini keng epik planda tasvirlagan. 14-asrda Nizomiy dostonini Qutb turkiyga tarjima qilgan. Xusrav Dehlaviy "Shirin va Xusrav"ida Nizomiy izidan borgan. F. obraziga ayrim anikliklar kiritgan. Nizomiyda F.ning kelib chiqishi haqida malumot yoq. Xusrav Dehlaviyda u Chin xoqonining ogli. Lekin ularda F. qahramon darajasiga kotarilmagan. Orif Ardabiliyning "Farhodnoma" dostoni dan boshlab F. markaziy qahramon sifatida tasvirlana boshlagan. F.ning mukammal epik obrazini Navoiy yaratgan. Navoiy F. obrazi orqali ideal inson xaqidagi gumanistik qarashlarini ifodalab, eng yuksak insoniy fazilatlarni madh etgan. Navoiy dostonda F. va Shirinning chin sevgisi haqida hikoya qiladi va shu muhabbat fonida ijtimoiy dayot muammolarini yoritadi. Keyinroq F. haqida Kavsariy, Nizoriy va boshqa dostonlar yaratdilar. Songgi davr dostonlari va sahna asarlarida ham F. obrazi yaratilgan.