ⓘ Fashizm - totalitar tipdagi siyosiy diktaturaga asoslangan hokimiyatning siyosiy konsepsiyasi. Bunda faqat yuqoridan pastga qarab buyruq beriladi. Fashizm demok ..

                                     

ⓘ Fashizm

Fashizm - totalitar tipdagi siyosiy diktaturaga asoslangan hokimiyatning siyosiy konsepsiyasi. Bunda faqat yuqoridan pastga qarab buyruq beriladi. Fashizm demokratiyami"! qaramaqarshisi va uni inkor etish hisoblanadi, u hokimiyatning bolinishiga yol qoymaydi. Jahon tarixida Fashizmning bir necha korinishlari uchragan. Jumladan, Italiyada totalitar rejim hokimiyati, Germaniyada natsistlar Fashizmi, Portugaliyada harbiysiyosiy Fashizm, Ispaniyada harbiy otryadlar Fashizmning har qanday korinishi demokratiya tartibotlari va qadriyatlarini hech qachon etiborga olmaydi, bunday tizimda inson qadri, erkinligi, huquqlari poymol qilinadi. Hokimiyatning jamiyat hayotining barcha jihatlariga haddan tashqari aralashuvi natijasida hamma sohalarni qattiq nazoratga oluvchi totalitar siyosiy partiya shakllanadi va u davlatmonopol tashkilotiga aylanadi. Fashizm ana shunday tashkilotga va "dohiy"ning etiroz bildirib bolmaydigan obroetiboriga tayanadi.

Fashistik rejim inson manfaati, inson omili bilan aslo hisoblashmaydigan yovuz rejim bolib, barcha xalklarni, shu jumladan, oz xalqini ham azobuqubatga qoyadi. Dinsizlik, umuman dinga dushmanlarcha munosabatda bolish; huquqiy totalitarizmni barpo etish; partiya yakka hukmronligini ornatish, bunday sharoitda kuchayadigan korrupsiya va axloqiy buzilishlar; millatchilik va jangari shovinizm, safsatabozlik, laganbardorlik, despotiyani avj oldirish, fuqarolarni, butun aholini qorquv ostida saklash, inson ongi va tafakkurini boysunish ruhida tarbiyalash; xurfikrlik, erkinlikka intiluvchilarga nisbatan terror otkazish Fashizmni tavsiflovchi xususiyatlardir. Fashizm umummilliy bohronlar yoki keskin ozgarishlar sharoitida ijtimoiy nochor guruxlar orasida oziga tayanch topadi. Fashizmning kopgina belgilari turli ijtimoiy hamda ong va sol korinishdagi milliy harakatlarga xosdir. Goyaviy asosda qaramaqarshiliklar korinib tursada mas, "sinf" yoki "millat" jamiyatni siyosiy safarbar etish yollari, terroristik hukmronlik usullari jihatidan totalitar qarakatlar va bolshevizm, stalinizm, "kizil kxmerlar" va boshqa rejimlar Fashizmga yakin turadi. Demokratik tartiblar bosh bolgan sharoitda fashistik tipdagi harakatlar rivojlanib, Fashizmning jiddiy xavfga aylanish imkoniyati saklanib qoladi.