ⓘ Forish tumani - Jizzax viloyatidagi tuman. 1935 yil 9 fevralda tashkil etilgan. 1962 yilda Nurota va Jizzax tumanlari tarkibiga qoshib yuborilgan. 1964 yilda qa ..

                                     

ⓘ Forish tumani

Forish tumani - Jizzax viloyatidagi tuman. 1935 yil 9 fevralda tashkil etilgan. 1962 yilda Nurota va Jizzax tumanlari tarkibiga qoshib yuborilgan. 1964 yilda qayta tashkil etilgan. Forish tumani dastlab Samarqand, 1964 yil Sirdaryo, 1974 yil Jizzax viloyatlari tarkibiga kiritilgan. Shimoliy va shimoli-sharqdan Qozogiston, sharqdan Jizzax, Zafarobod, Arnasoy, Dostlik, Mirzachol tumanlari, janubidan Gallaorol tumani, garbdan Samarkand, Navoiy viloyatlarining Qoshrabot, Nurota tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 9.53 ming km². Aholisi 93.500 kishi.

                                     

1. Etimologiyasi

Mahalliy malumotlar boyicha tuman nomiga otgan Forish qishlogining nomi Amir Temur Samarkand atrofida qurdirmoqchi bolgan "Parij" shahri nomidan olingan. Keyinroq mahalliy xalq shevasida bu atama Farij, Farish, Forish deb ozgarib borgan degan, taxmin mavjud.

                                     

2. Mamuriy bolinishi

Tumanda 2 shaharcha Uchquloch, Bogdon, 11 qishloq fuqarolari yigini bor:

  • Forish
  • Darvoza
  • Osmonsoy
  • Omongeldi
  • Gulzor
  • Egizbuloq
  • Uxum
  • Qizilkum
  • Arnasoy
  • Garasha
  • Qorobdol.

Markazi - Bogdon shaharchasi.

                                     

3. Tabiati

Tuman hududi viloyatning shimoli.garbiy qismida joylashgan. Relyefi payettekislik, qir, adir va Nurota, Pistali toglaridan iborat. Nurota tizmasi shimoli-sharqdan 230-250 m janubi-garbga 1400-2000 m kotarila boradi. Eng baland joyi 2169 m Zargar togidagi Hayotboshi choqqisi. Janubi-garbda Nurota toglari va Qoytosh, Baliqlitov, Pistalitog, Yetimtogi tizmalari joylashgan. Tumanda Arnasoy, Tuzkon, Baliqli, Pistali kollari va Aydar botigi bor.

                                     

3.1. Tabiati Iqlimi

Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq, quruq, qishi sovuq. Yillik ortacha temperatura 14.5°, yanvarning ortacha temperaturasi - 1.5°, eng past temperatura - 32°, iyulning ortacha temperaturasi 29.5°, eng yuqori temperatura 46°. Yiliga ortacha 340- 360 mm shimoli-sharqida 240-260 mm, janubi-garbida 459-480 mm yogin yogadi. Vegetatsiya davri 216 - 218 kun. Adirlar kumtosh, qum, mergel, lyosslardan tashkil topgan, ayrim joylar chagir toshlar bilan qoplangan. Soylik, jar, yezda qurib qoladigan soy kop. Bahorgi yogingarchilik paytida soylarda suv tolib oqadi.

Adirlarning tuprogi gipsli boz, otloqi boz, qumoq, qumloqlar, shorxok va shorlangan tuproqlar tarqalgan. Nurota toglaridan oqib keladigan Ustixonsoy, Osmonsoy, Bolamansoy, Uxumsoy, Hayotsoy, Oqtoshsoy, Kattasoy, Chorvoqsoy va boshqalarlardan tog etaklaridagi lyossli qiya tekisliklarni sugorishda foydalaniladi.

Tumanda yer osti suvlari ancha yuza joylashgan shimoli-sharqida 1-2 m, janubi-garbida 10-25 m. Erta bahorda efemer va efemeroidlar osadi. Dagal otlar hamda itqovun, yulgun, yantoq, shora, shuvoq kabi osimliklar qorakol qoylar uchun muxim ozuqadir. Togli qismida yovvoyi jiyda, olma, archa, handonpista, yongoq, bodom, namatak, zira, zirk va boshqa usadi. Yovvoyi hayvonlardan bori, tulki, qobon, chiyabori, arxar, jayran, quyon; qushlardan burgut, tuvaloq, bedana, qirgovul, kaklik, ordak, kaptar; kemiruvchilardan kalamush, yumronqoziq, dala sichqoni; tipratikan, toshbaqa, zaharli ilonlar, kaltakesaklar, suv havzalarida turli xil baliq kop. Tuman hududida Nurota davlat qoriqxonasi va Biosfera rezervati qoriqxonalari tashkil etilgan.



                                     

4. Aholisi

Milliy tarkibi

Tuman aholisi 2020-yil hisobiga 93.500 kishini tashkil qildi, asosan, ozbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining ortacha zichligi 1 km² ga 9.7 kishi 2020. Shahar aholisi 12.8 ming kishidan ziyod, qishloq aholisi 80 ming kishi.

Dini

Aholining asosiy qismini musulmonlar tashkil qiladi. Tuman hududida 8 ta masjid bor: Yangiqishloq jome masjidi, Kattabogdon jome masjidi, Grehkusha jome masjidi, Osmonsoy jome masjidi, Ismoil hoji jome masjidi,Nureshim jome masjidi,Arazgeldi ota jome masjidi va Uhum jome masjidi. Har 11.600 kishiga bitta masjid togri keladi. 2019-yilda bir vaqtning ozida 800 kishini sigdira oladigan tuman markazida yangi masjid qurilish ishlari boshlandi.

                                     

5.1. Iqtisodiyoti Sanoati

Xojaligi. Tumanda, asosan, qishloq xojaligining chorvachilik, dehqonchilik, bogdorchilik, tokchilik tarmoqlari rivojlangan. Forish tumani hududidan qorgoshin, pyx, ohaktosh, bazalt, marmarlashgan qora ohaktosh ochiq usulda qazib olinadi. Tumandagi "Karbonat", Uchquloch koni, "Devon", "Forteks" va boshqa korxonalar samarali faoliyat korsatmokda.



                                     

5.2. Iqtisodiyoti Qishloq xojaligi

Tumanning umumiy yer fondi 474.3 ming ga.Tumanda chorvachilikka ixtisoslashgan 4 ta, sabzavot va bogdorchilikka ixtisoslashgan bitta, gallachilikchorvachilikka ixtisoslashgan 7 ta shirkat xojaligi mavjud.

400 dan ziyod fermer xojaligi faoliyat korsatmokda. Ekin maydonining 12.5 ming gektariga galla asosan, lalmikor, 90 gektariga sabzavot, 707 gektariga poliz ekinlari ekiladi. 609 ga boglar, 1058 ga tokzorlar bilan band. Forish tumani shaxsiy va jamoa xojaliklarida 22.2 mingdan ziyod qoramol, 31 ming kuy va echki, 34.5 ming parranda, 3.6 ming yilqi boqiladi. Tuman ormon xojaligi hisobida 80 ming ga yer mavjud. Shundan 2000 gada saksovulzor, 130 gada yongokzor barpo etilgan. Ormon xojaligida sariqchoy, kiyikot, tograyhon, namatak, ravoch kabi dorivor osimliklarni yigib dorixonalarga topshiriladi. Xojalik yiliga 10 ming tup yongoq, tok kochatlarini tayyorlab axrliga yetkazib beradi.

                                     

6. Transport

Forish tumanida avtomobil yollari uz. 343 km, shundan 288 km respublika ahamiyatiga ega. Temir yol uzunligi 71 km. Bogdon - Jizzax, Bogdon - Forish, Bogdon - Chimqorgon, Bogdon-Toshkent va boshqa yonalishlarda avtobuslar qatnaydi.

                                     

7. Ijtimoiy soha

Madaniyat

Madaniyat saroyi, 5 madaniyat uyi, 5 klub, "Chorvador" xalq dastasi 1972 yilda tashkil etilgan faoliyat korsatmoqda.1936 yildan "Forish tongi" gaz.si nashr qilinadi adadi 2000.

                                     

7.1. Ijtimoiy soha Talim

2003/2004 oquv yilida tumanda 70 umumiy talim maktabi 18.3 ming oquvchi, 7 maktabgacha, 3 maktabdan tashqari muassasalar ishladi. 2 qishloq xojaligi va maishiy xizmat kasbhunar kolleji 892 talaba bor 2004.

Markaziy kutubxona va bolalar markaziy kutubxonasi, 28 qishloq kutubxonasi kitob fondi 281.4 ming asar aholiga xizmat korsatadi. Stadion, sport zallari, maydonchalari va boshqa sport inshootlari mavjud.

                                     

7.2. Ijtimoiy soha Madaniyat

Madaniyat saroyi, 5 madaniyat uyi, 5 klub, "Chorvador" xalq dastasi 1972 yilda tashkil etilgan faoliyat korsatmoqda.1936 yildan "Forish tongi" gaz.si nashr qilinadi adadi 2000.

                                     

7.3. Ijtimoiy soha Tibbiyot

10 kasalxona qariyb 600 orin, 30 feldsherakusherlik punkti, 19 qishloq vrachlik punkti, 7 qishloq vrachlik ambulatoriyasida 110 vrach va 426 orta tibbiy xodim ishlaydi. Har 10 ming aholiga 15 vrach togri keladi.

Baliqchi kolidan olinadigan shifobaxsh balchiq bilan davolaydigan sanatoriy bor. Shifobaxsh balchiq bilan respublikadagi boshqa statsionar va sanatoriylar ham taminlanadi.

Xonbandi togoni yodgorligi 10-asr, 1582, Qoratosh 1 - 2-asrlar, Abdullaxon Chorbogi 16-asr arxeologiya yodgorliklari mavjud.



                                     

8. Taniqli shaxslar

  • Narmaxonmadi Xudoyberdiyev - 10-fevral 1928 - 27-noyabr 2011 - OzSSR Ministrlar soveti raisi 1971 - 1984 bolgan. Forish qishlogi Yatak qishlogida dehqon oilasida tugilgan. Qishloq xo’jaligi institutini tugatgan 1949. Veterinariya fanlari doktori, dotsent. Institut yoshlar tashkiloti kotibi lavozimida ishlagan. OzSSR kompartiyasi kotibi yordamchisi, Buxoro viloyati ijroiya qo’mitasi kotibi o’rinbosari, Buxoro viloyati ijroiya qo’mitasi kotibi, OzSSR Qishloq xo’jaligi kotibi, Buxoro viloyati ijroiya qo’mitasi kotibi o’rinbosari, OzSSR Ministrlar soveti raisining o’rinbosari, Surxondaryo viloyati ijroiya qo’mitasi kotibi, OzSSR Kompartiyasi kotibi, OzSSR Qishloq xo’jaligi vaziri, Sirdaryo viloyati ijroiya qo’mitasi kotibi, 25-fevral 1971 - 19-noyabr 1984 yy. - OzSSR Ministrlar soveti raisi vazifalarida xizmat qilgan. 1986-yil 27-iyulda" Paxta ishi” doirasida partiyadan bo’shatilgan. 23-fevral 1987-yilda pora olganlikda ayblanib, qamoqqa olingan. 9 yilga qamoq jazosiga hukm qilingan. Ozbekiston Prezidenti Islom Karimov qaroriga muvofiq, 1991-yilda ozod etilgan. Barcha mukofot va unvonlari qaytarib berilgan.
  • Temir Shirinov - 1950 yil 10 martda Jizzax viloyati Forish tumani Uchma qishlogida tugilgan. 1972 yilda Termiz Davlat pedagogika institutini tarixchi-arxeolog mutaxassisligi boyicha tamomlagan, tarix fanlari doktori, professor. Temuriylar tarixi va madaniyatini organish Assotsiatsiyasi Fransiya Vitse-prezidenti Germaniya arxeologiya Instituti haqiqiy a’zosi, Tokio Soko Universiteti Yaponiya oliy mukofoti sovrindori, Varshava Polsha universiteti Oltin medali sohibi. "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan," Fan arbobi” faxriy unvoniga sazovor bolgan. 2017 yildan - Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy memorial majmua rahbari.
  • Bobur Yoqubov - Forish tumani Garasha qishlogida tugilgan. Zakovat bilimdoni, shifokor.
  • Evril Turon Mamadali Mahmudov - 1940-2020 turkolog, ozbek yozuvchisi va Ozbekiston madaniyat forumining sobiq raisi, Xalqaro Turon Yozuvchilar Ittifoqining raisi bolgan. 1940-yil 12-dekabrda Katta Bogdon qishlogida tugilgan. U 1966 yil Toshkent davlat universiteti hozirgi OzMU filologiya fakultetining jurnalistika bolimiga oqishga kirgan. "Bu toglar ulug toglar", "Boz bori", "Olmas qoyalar", "Tumanli kunlar" va "Oy nuri" kabi asarlar muallifi. Asarlari Fransiya, Olmoniya, Kanada, Turkiya, Norvegiya, Angliyada nashr etilgan. Mamadali Mahmudov umrining 17 yilini siyosiy mahbus sifatida qamoqda otkazgan va 2013 yilning aprel oyida ozodlikka chiqarilgan. 2018 yil noyabr oyida u Yozuvchilar uyushmasining a’zoligiga tiklangan edi. 16 oktabr 2020-yil Toshkentda vafot etkan.
  • Hamroqul Asqar - 1959 yili Jizzah vilojatining Forish tumanida tugilgan. ToshDPIning filologika fakultetini bitirgan. Shoir.
  • Sadulla Hakimov - 1951-2020 Ozbekistonda xizmat korsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir, vafotiga qadar Ozbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi bolgan. 1951 yili Jizzax viloyatining Forish tumanida tugilgan. 1977 yili Toshkent davlat hozirgi Ozbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. U ozining ijodiy va mehnat faoliyatini Gallaorol tumanida oqituvchilikdan boshlagan. Keyinchalik, "Ozbekistonda sotsial ta’minot" jurnali mas’ul kotibi, "Ozbekiston adabiyoti va san’ati" gazetasida bolim mudiri, mas’ul kotib, bosh muharrir, "Ma’rifat" gazetasi bosh muharriri, Ozbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining orinbosari, "Turkiston-press" nodavlat axborot agentligi bosh direktori, Prezident devoni axborot markazi rahbarining orinbosari, rahbari, prezidentning jamoatchilik bilan aloqalar boyicha davlat maslahatchisi orinbosari kabi vazifalarida mehnat qilgan. Jurnalistlar uyushmasiga 2016 yil 29 dekabrdan vafoti 2020-yil 11 oktabrgacha rahbarlik qilgan.