ⓘ Xett podsholigi - Kichik Osiyodagi qad. davlat. Tarkibiga xettlar, xattlar va boshqa etnik guruxlar kirgan. Xettlar podshosi Anittas davri da Anatoliyaning bazi ..

                                     

ⓘ Xett podsholigi

Xett podsholigi - Kichik Osiyodagi qad. davlat. Tarkibiga xettlar, xattlar va boshqa etnik guruxlar kirgan. Xettlar podshosi Anittas davri da Anatoliyaning bazi viloyatlari birlasha boshlagan. U Nesa, Xattusas sh.larini bosib olgan. Kussar shahrini poytaxt qilgan. Qad. xett sulolasining asoschisi - Labarna Xett podsholigi hududini kengaytirgan. Labarnaning vorisi Xattusilis I davri da Kichik Osiyoning shim.dagi Salpa sh. va Kichik Osiyoning bir qancha jan.sharqiy viloyatlari batamom bosib olingan. U poytaxtni Xattusasga kochirgan. Xattusilis I ning ogli Mursilis I davrida Xett podsholigining harbiy qudrati nihoyatda oshgan. 14 - 12-asrlarda Xett podsholari Shim. Suriya va Shim. Mesopotamiyada yashaydigan xurriy qabilalardan bolgan. Podsho Suppiluliumas I uzoq davom etgan urushlardan keyin Mitanni ni bosib olgan. Ugarit ni oz vassaliga aylantirgan. Mursilis II hukmronligi dan boshlab Xett podsholigi bilan Misr ortasida Suriya uchun kurash ketgan. 13-asr oxiri - 12-asr boshlarida Xett podsholigi ozaro urushlar, qaram viloyatlar va ittifoqdosh podsholiklarning ajralib ketishi tufayli inqirozga uchragan. Qad. X.P.ning oxirgi yirik podshosi Telepinu bolgan. Kichik Osiyoning sharqiga jan. va garbdan xalqdarning kochib kelishi bilan podsholik barxam topgan.