ⓘ Xiva gilami aksiyadorlik jamiyati - gilamchilik sanoatining yirik korxonasi. Ozbekengilsanoat davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Gilam, gilam maxs ..

                                     

ⓘ Xiva gilami aksiyadorlik jamiyati

Xiva gilami aksiyadorlik jamiyati - gilamchilik sanoatining yirik korxonasi. "Ozbekengilsanoat" davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Gilam, gilam maxsulotlari, kalava ip ishlab chiqaradi. Korxona Xiva gilam kombinati nomi bilan qurilgan. 1-navbati 1977 yilda, 2navbati 1978 yil oxirida ishga tushirilgan.

1988 yilda komtinat va Hazorasp ip yigiruv fabrikasi qoshilib, Xiva gilam ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirildi. 1990 yilda korxonada 2450 ming m2 gilam va 4022 t kalava ip ishlab chiqarildi. 1994 yildan korxona "Xiva gilami" ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. 2001 yilda Hazorasp ip yigiruv fabrikasi mustaqil korxona sifatida ajralib chiqdi. Keyingi yillarda korxona rekonstruksiya qilindi. Zamonaviy PPM240 Sh ip yigiruv mashinalari, Rossiyaning ACH214 tarash apparatlari bilan jihozlandi, korxonada gilam ishlab chiqarish quvvatlarini toliq taminlaydigan hajmda yarim jun kalava ishlab chiqarish yolga qoyildi. 2002 yilda korxona ishlab chiqarish maydonining yarmida 30 toquv stanogi tashki bozorda xaridorgir bolgan jun gilamlar ishlab chiqaradigan "Xiva Karpet" Ozbekiston - Germaniya qoshma korxonasi tashkil etildi.

2003 yilda korxonada 1430 t kalava, 756 ming m2 gilam ishlab chiqarildi. Mahsulotlari Rossiya, Ukraina, Germaniya va boshqa davlatlarga eksport qilinadi.