ⓘ Xiva mudofaasi - Rossiya imperiyasining Orta Osiyoni istilo qilishi davrida shahar aholisining kurashi. 1872 y. oxirlarida harbiy vazir boshchiligida Peterburgd ..

                                     

ⓘ Xiva mudofaasi

Xiva mudofaasi - Rossiya imperiyasining Orta Osiyoni istilo qilishi davrida shahar aholisining kurashi. 1872 y. oxirlarida harbiy vazir boshchiligida Peterburgda Turkiston, Orenburg generalgubernatorlari va Kavkazdagi podsho noiblari ishtirokidagi maxfiy kengashda Xiva xonligink bosib olishga qaror kilingan. Xonlik qoshinida hammasi bolib 27 eski zambarak, 2 ming otliq askar, 4 ming navkardan iborat qoshin bolgan. Rossiya qoshini ham son, ham sifat jihatdan, shuningdek, harbiy texnika imkoniyati, qurolyaroglari bilan ham Xiva xonligi qoshinidan ustun edi. Mazkur harbiy operatsiyaga rahbarlik qiluvchi zobitlar, generallar amaliy tajribasi ham xivalik lashkarboshilardan kop darajada yuqori bolgan. Turkiston qoshinlariga general Kaufman, Orenburg otryadiga general Veryovkin, Mangqishloq otryadiga polkovnik Lomakin qomondon bolib, Orol flotiliyasi ham ular ixtiyeriga berilgan edi. Istilochilar shu yosinda 3 yonalish boyicha Xiva xonligi ustiga bostirib kirgan. Imperator Aleksandr II Xiva yurishiga katta etibor beradi. Kaufman yurish oldidan Xivani siyosiy tarafdan yakkalab qoyish choralarini korgan. U Buxoro amiri va Qoqon xoniga tahdidli maktublar yollab ularni Xivaga yordam bermaslikka chaqirgan. Xiva xonining masalani tinch yol bilan hal qilishga urinishlari behuda ketgach, harbiy kengash chaqirib, mudofaa rejalarini tuzgan va dushmanga qarshi ozining lashkarboshilarini safarbar qilgan. Matmurod devonbegi, Mahmud yasovulboshi, Yoqubbek qalmoq, Eltuzar inoq va Bobo mehtar rahbarligidagi ozbek va turkman yigitlari rus qoshinlari hujumini qaytarish uchun 2 guruhga bolinganlar. Ruslar yolda uchragan har bir shahar va qishloqni talab, uylarga ot qoyib, qirgin uyushtirganlar. Ularning ketidan kultepalar va jasadlar qolgan. Ammo, Xorazm vatanparvarlari bosh kelmay, ozlariga qulay joylardan dushmanga hujum qilishgan. 1873 y. 29 may kuni Xiva xoni ortiqcha qon tokilishini istamay, oz vakillarini fon Kaufman huzuriga jonatgan, ammo, general xonning taklifini oqibatsiz qoldirib hujumga kirishgan.

Afsuski, shunday qaltis bir paytda xonning oilasi va yaqin qarindoshlari dushmanga qarshi yakdil bolish orniga, sulolaviy nizolarga berilib ketishgan. 1873 y. 29 mayda Xiva ishgol kilingan. Xon saroyidagi oliy hukmdorlarning taxti, bebaho oltinkumush buyumlari, turlituman qimmatli matolar va nodir qolyozma asarlar Peterburgga, podshoh saroyiga olja sifatida olib ketilgan. Olja olingan behisob boyliklar generallar, zobitlar va askarlar ortasida taqsimlab olingan.

Ad.Ozbekistonningyangitarixi, 1j., T., 2000.