ⓘ Xivchinlilar -sarkomastigoforalar tipiga mansub bir hujayrali hayvonlar sinfi. 2 kenja sinf - osimliksimon X. va hayvonsimon X.ga ajratiladi. Osimliksimon X.ni ..

                                     

ⓘ Xivchinlilar

Xivchinlilar -sarkomastigoforalar tipiga mansub bir hujayrali hayvonlar sinfi. 2 kenja sinf - osimliksimon X. va hayvonsimon X.ga ajratiladi. Osimliksimon X.ni botaniklar osimliklar dunyosiga kiritishadi. X.ga 13turkumga birlashtiriladigan 7000 dan ortik, tur kiradi. Tanasi duksimon, tuxumsimon, silindrsimon, sharsimon va boshqa shaklda. Uz. 2 - 3 mkm dan 1 mm gacha. Xivchinlari 1 tadan bir necha mingtagacha, uz. bir necha 10 mkm. Ayrim X. xivchini asosida kinetoplast boladi. Kopchilik dengiz va barcha parazit X.ning qisqaruvchi vakuoli bolmaydi. Hujayra yadrosi, odatda, bitta; 2 yadroli va kup yadroli X. ham bor. Odatda, boyiga 2 ga bolinish orqali jinssiz kopayadi. Bu jarayon oxirigacha bormaganida koloniya hosil boladi. Kopchilik X.da jinsiy kopayish gametalar kopulyatsiyasi orqali boradi. Tuban X.da jinsiy kopayish izogamiya, boshqalarda geterogamiya dan iborat. Erkin yashovchi X. chuchuk suv va dengizlarda, qisman tuproqsa uchraydi. Tabiatda moddalar aylanish jarayonida katta ahamiyatga ega. Kopchilik X. suvlar ifloslanishining biologik indikatorlari hisoblanadi. Bir qancha X. odam va hayvonlarda parazitlik qilib, ogir kasalliklar ga sabab boladi. Ayrim X. termitlar ichagida simbioz yashab, qiyin hazm boladigan oziq moddalarning hazm bolishiga yordam beradi.