ⓘ Xin daraxti, sinxona - royandoshlarga mansub doim yashil osimliklar turkumi. Daraxt va butalardan iborat 40 turi bor. Xin daraxti dengiz sathidan 1000–3000 m ba ..

                                     

ⓘ Xin daraxti

Xin daraxti, sinxona - royandoshlarga mansub doim yashil osimliklar turkumi. Daraxt va butalardan iborat 40 turi bor. Xin daraxti dengiz sathidan 1000–3000 m balandda, Jan. Amerikada And toglarining sharqiy yon bagirlarida yovvoyi holda osadi. Indoneziya, Hindixitoy, Hindiston, ShriLanka o.da keng miqyosda ekiladi. Zakavkazyening Krra dengiz sohillarida qalamchasidan bir yillik osimlik sifatida ostiriladi. Boyi 10–20 m, barglari oddiy, yaltiroq, chetlari tekis. Gullari ikki jinsli, qizil, pushti, oqimtir, rovak topgul hosil qiladi. Mevasi ikki pallali kosakcha. Kop ekiladigan turlaridan qizgish Xin daraxti, L yeje r Xin daraxti, ulkan Xin daraxti malum. Xin daraxtining hamma organlari, asosan, postlogi 30 dan ortiq turli alkaloidlarga boy. Xin daraxtidan olinadigan alkaloidlardan eng muhimi xinin hisoblanadi.