ⓘ Xinagul - xinadoshlarga mansub bir yillik ot; ekma gul. Asosan, Osiyo va Afrikada, bazi vakillari Yevropa va Amerikada osadi. Ozbekistonda manzarali osimlik sif ..

                                     

ⓘ Xinagul

Xinagul - xinadoshlarga mansub bir yillik ot; ekma gul. Asosan, Osiyo va Afrikada, bazi vakillari Yevropa va Amerikada osadi. Ozbekistonda manzarali osimlik sifatida hovlilarda ekiladi. Poyasi tik shoxlangan, tanasi etli, boyi 30 - 60 sm. Barglari oddiy, tuxumsimon, ketmaket joylashgan. Gullari oq, pushti, kizil, oddiy yoki qatmaqat, barg qoltigidan chiqadi. Iyul - okt.dan gullab mevalaydi. Mevasi sersuv kosakcha. Uruglari choziq yoki dumaloq. Mevasi yetilgach, charsillab yorilib, uruglari atrofga sochilib ketadi. Urugi mart oyi oxirida sepiladi. Ozbek xonadonlarida qadimdan X.dan kizjuvonlar soch va tirnoklarini boyashda foydalanishgan. Tibbiyotda maydalab yanchilgan bargpoya kismi tirnoq va teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi.