ⓘ Xirurgiya markazi, VV. Vohidov nomidagi ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy markazi - Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqdash Vazirligiga kdrashli i.t. va davo ..

                                     

ⓘ Xirurgiya markazi

Xirurgiya markazi, VV. Vohidov nomidagi ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy markazi - Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqdash Vazirligiga kdrashli i.t. va davolash muassasasi. 1975 y. Butunittifoq klinik va eksperimental xirurgiya i.t. institutining Toshkent filiali sifatida tashkil etilgan. 1991 yildan hozirgi nomi bilan faoliyat korsatadi. Markaz ilmiy va amaliy faoliyatining asosiy yonalishlari kokrak qafasi va qorin boshligi azolarida boshqa oxshashligi bolmagan, oziga xos jarrohlik amaliyotlarini otkazadi, bularga, birinchi navbatda, hayot uchun muhim azolar, yurak nuqsonlari, yirik qon tomirlar, opka, jigar va meda osti bezi rekonstruktivtiklash jarrohligi va boshqa kiradi. Xirurgiya markazining vazifasi Ozbekistonda jarrohlik muammosi bilan boglik masalalarga rahbarlik qilish va boshqarish, respublikada xirurgiya xizmatini tashkil etish; yuqori malakali ixtisoslashgan ilmiy va amaliy xirurg mutaxassislar tayyorlash va boshqalardan iborat. Markazda 12 klinik bolim: jigarot yollari va portal gipertenziya jarroxdigi, lazer va medaichak jarrohligi, yurakqon tomir jarroxdigi, kokrak qafasi jarroxdigi, rekonstruktivplastik jarrohlik, rentgenendovaskulyar jarrohlik va intervension radiologiya, shuningdek, patomorfologiya va lazer terapiyasi, anesteziologiya va reanimatologiya, mikrobiologiya va klinik biokimyo, eksperimental jarroxlik kabi fundamental va amaliy bolimlar, 370 orinli klinik kasalxona va poliklinika ishlab turibdi. Xirurgiya markazi da 90 dan ziyod ilmiy xodim, jumladan, 22 fan dri va prof., 50 fan nomzodi xizmat qiladi. Markazda drlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoyasi boyicha maxsus ilmiy kengash faoliyat korsatadi. Markaz olimlari kopgina yirik ilmiy anjumanlarda qatnashib keladi. Xirurgiya markazi ilmiy toplam, monografiya, darslik va turli qollanmalar chop etadi, ixtirolar qiladi. Markaz bazasida Toshkent birinchi tibbiyot intining gospital xirurgiya, magistratura hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti 1xirurgiya kafedrasi bor.