ⓘ Xlamidoz - OOZ, rikketsioz, keratokonyunktivit - hayvonlarning otkir yuqumli kasalligi. Kop hollarda X. katta iktisodiy zarar keltiradi, kasallik hayvonning kor ..

                                     

ⓘ Xlamidoz

Xlamidoz - OOZ, rikketsioz, keratokonyunktivit - hayvonlarning otkir yuqumli kasalligi. Kop hollarda X. katta iktisodiy zarar keltiradi, kasallik hayvonning kor bolishi bilan tugashi mumkin. Kasallikni reketsiyalar qozgatadi. X. bilan barcha qishloq xojaligi hayvonlari, koproq qoramollar zararlanadi. Kasallik yilning barcha fasllarida uchrashi mumkin, biroq issiq paytida koproq va ogirroq kechadi. X.ning yashirin davri 2 - 12 kun. Koproq bir koz, kamroq ikkala koz ham zararlanadi. Tana harorati kotariladi, holati yomonlashadi, kozidan kop miqdorda shilliqyiringli suyuqlik oqadi. Songra abssess ozozidan yoriladi, uning ornida yara hosil boladi. Hayvonning ahvoli yaxshilanib, astasekin sogayadi. Kasallikning epizootologiyasi, klinik belgilari hamda konyunktiva surtmasini mikroskopda tekshirish orqali tashhis qoyiladi.

Davolash: kasal mollar salqin xonalarda saqlanib, antibiotiklar qoshilgan turli malham dorilar mazlar yoki linementlar qollaniladi. Ogir hollarda novokainli blokada qilish yaxshi samara beradi.

Oldini olish: hayvonlarni statsionar nosoglom xojaliklardan chiqarmaslik tavsiya etiladi. Mollar kish faslida bir oyda bir marta, yoz oylarida esa har kuni kozdan kechiriladi. Soglom mollarning koziga profilaktika maqsadida antibiotiklardan tayyorlangan mazlar yoki emulsiyalar suriladi, pashshalarga qarshi kurashiladi.

Hoshim Nurmamatov.