ⓘ Xovos tumani - Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1926-yil dekabrda tashkil qilingan. 1955 yildan 1966 yilgacha Boyovut tumani, 1966 yil 25 avgustdan 1975 yil 6 martg ..

                                     

ⓘ Xovos tumani

Xovos tumani - Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1926-yil dekabrda tashkil qilingan. 1955 yildan 1966 yilgacha Boyovut tumani, 1966 yil 25 avgustdan 1975 yil 6 martgacha Yangiyer tumani deb atalgan. 2004 y. 11 maydan Xovos tumaniga Mehnatobod tumani qoshildi. Tuman markazi Farhod 5 qishlogidan Xovos shaharchasiga kochirildi. Shim.sharqdan Boyovut, janubiy sharqdan Toshkent viloyatining Bekobod tumani, januniy da Tojikiston Respublikasi, garbdan Jizzax viloyatining Zomin, shim.garbdan viloyatning Sardoba, Mirzaobod tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 1.5 ming km². Aholisi 74.1 ming kishidan ziyod. Tumanda 1 shaharcha, 11 qishloq fuqarolari yigini bor. Markazi - Xovos shaharchasi.

Tabiati. Tuman hududi, asosan, viloyatning janubiy qismida joylashgan. Relyefi pasttekislik, kir, baland adir va toglardan iborat bolib, shim.dan 250350 m januniy ga 12001600 m kotarila boradi. Iklimi keskin kontinental, yozi issiq, kuruq, qishi sovuq. Yillik ortacha temperatura 15°, yanvarning ortacha temperaturasi - 2°, eng past temperatura - 30°, iyulning ortacha temperaturasi 30°, eng yuqori temperatura 46°. Yillik yogin miqdori 315 mm shim.garbda 200-250 mm, janubiy da 400-450 mm. Xovos shamoli Bekobod shamoli Orta Osiyodagi eng kuchli shamollardan biridir. Yil boyi orta hisobda 48 - 52 kun kuchli shamol esadi, kopincha noyabr oyida boshlanib, martda tugaydi. Qishda shamolning tezligi sekundiga 25-30 m, yezda 10-15 m boladi. Shamol 1 - 3 kun, hatto 5 kunlab davom etadi. Vegetatsiya davri 224 kun.

Adirlar qumtosh, qum, lyosslardan tashkil topgan. Janubiy qismidagi adirlarning tuprogi esa lyoss ustida hosil bolgan boz, och boz, tipik boz tuproqlardir. Bu yerlardan bahorikor dehqonchilikda foydalaniladi. Tekisliklarda boz, och boz, tipik boz, otloqi boz tuproqlar tarqalgan bolib, dehqonchilik uchun qulay. Tuman Sirdaryodan chiqarilgan Sarkisov nomidagi Janubiy Mirzachol kanali orqali sugoriladi. Savatsoy, Sarmichsoy, Mogulsoy, Xojamushkentsoy, Qipchoqsoy va boshqalardan ham sugorishda foydalaniladi. Bahorda adirlar turli otlar bilan qoplanadi. Tekislik qismida qongirbosh, rang, iloq, qiyoq, shora, shuvoq, yantoq, qamish, paxtatikan, ituzum, shamak, gumay va boshqa osadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, bori, chiyabori; qushlardan chol burguti, laylak, tustovuq, yovvoyi ordak; kemiruvchilardan quyon, tipratikan, kalamush, yumronqoziq, dala sichqoni; sudraluvchilardan toshbaqa, ilonlar, kaltakesaklar va boshqa bor. Aholisi, asosan, ozbeklar; shuningdek, tojik, qozoq, tatar, turkman, koreys, rus, qrim tatar, ozarbayjon, arman, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining ortacha zichligi 1 km²ga 49.4 kishi 2004.

Xojaligi. Tumanda Farhod GES, Sirdaryo issiklik elektr styasi, sanoat, qurilish boshqarmalari, 37 firma va kichik korxona, Xitoy bilan hamkorliqsagi "XovosFusin" qoshma korxonasi kolbasa ishlab chiqaradi, avtokorxona, neft bazasi, MTP, uzumni qayta ishlash, gisht zavodlari, 3 dehqon bozori bor. Tumanda Z shirkat, 930 dehqonfermer xojaligi faoliyat korsatadi.

Qishloq xojaligida foydalaniladigan yer maydonining 36.7 ming ga yerda dehqonchilik qilinadi. Bog, tokzor, kochatzorlar bor. 13.5 ming gektariga paxta, 11.7 ming gektariga galla, shuningdek, sabzavot, poliz ekinlari, kartoshka ham ekiladi.

Tuman jamoa va shaxsiy xojaliklarida 17.7 ming qoramol, 21.8 mingga yaqin qoy va echki, 25.4 ming parranda, 408 ot boqiladi 2004.

Tuman hududidan Xovos va Yangiyer temir yol stansiyalari orkali Toshkent - Samarkand, Toshkent - Xojand, Toshkent - Jalolobod poyezdlari otadi. Xovos - Guliston, Farhod - Xovos, Xovos - Yangiyer yonalishlari boyicha avtobuslar qatnaydi.

Xovos tumanida 2003/2004 oquv yilida 28 umumiy talim maktabida 15.9 ming oquvchi talim oddi. 2 iktidorli bolalar, musiqa maktabi, 2 kasb-hunar kolleji, I madaniyat uyi, 20 kutubxona, 9 estrada, 4 folklor guruxlari, badiiy havaskorlik togaraklari ishlab turibdi. 9 stadion shu jumladan, 1 markaziy stadion mavjud. Tumanda markaziy kasalxona, tez tibbiy yordam, tashxis markazlari, bolalar jarroxlik, reanimatsiya bolimlari, yuqumli kasalliklar kasalxonasi, 7 qishloq vrachlik punkti, 3 poliklinikasi, shifobaxsh suv bilan davolaydigan "Xavotog" sanatoriysi faoliyat korsatadi, 1931 yildan "Xovos ovozi" tumani gazetasi chiqadi.