ⓘ Xoja abdulqodir marogiy - sozanda, xonanda, bastakor va musiqashunos. Hayoti asosan Jaloyirishshr davlatida otgan. Amir Temur uni Bagdoddan Samarqandga olib kel ..

                                     

ⓘ Xoja abdulqodir marogiy

Xoja abdulqodir marogiy - sozanda, xonanda, bastakor va musiqashunos. Hayoti asosan Jaloyirishshr davlatida otgan. Amir Temur uni Bagdoddan Samarqandga olib kelgan va 1394 - 1405 yillarda u Sohibqiron, song Shohrux Mirzo, Xalil Sulton saroylarida umrining oxirigacha xizmat qilgan.

X.A.M. musiqa nazariyasi sohasida boy meros qoddirgan: "Kanz ulalhon" "Kuylar xazinasi", "Jome ulalhon" "Kuylar majmuasi", "Maqosid ulalhon" "Kuylar hosil qilish orni", "Sharhaladvor" Safiuddin alUrmaviyning "Kitob uladvor"iga sharh va boshqa Shuningdek, u "Kitob uladvor"ni turk tiliga tarjima qilgan. X.A.M. asarlarida Forobiy, Safiuddin alUrmaviy, Mahmud ashSheroziylarning musiqaga oid nazariy fikrlarini rivojlantirib, qator masalalarda aniqdiklar kiritgan mas, advor ilmida jamlar doiralarining 103 xilini keltirgan. U oz davrida qollanilgan 45 cholgu ni tavsiflagan. X.A.M. udi murassa deb atalgan torli soz ixtiro qilgan. Bastakor sifatida Sharq xalqlari musiqasida mashhur tasnif, peshrav, amal, savt shakllarida "TasnifiXoja Abdulqodir", "Amali Boston" kabi kuy va ashula yollari, yangi Zarbul fath, Chohor zarb singari doira usullari yaratgan, ularning bazilari hozir ham ijro etiladi mas, turklarda "Qiyor" kuyi va boshqalar. U fors va turk tillarida gazallar ham yozgan; gazallari ravonligi va musiqiyligi bilan ajralib turadi. X.A.M.ning merosi Eron, Ozarbayjon, Xuroson, Iroq, Turkiya, Orta Osiyo xususan, Uzbekistan xalqlari musiqa tarixini organishda muhim manbalardandir.