ⓘ Xoja Ahror - ortaosiyolik mutafakkir, naqshbandiya tariqati rahnamolaridan. Otasi shayx Xoja Mahmud naqshbandiyaning xojagon sulukida bolgan, tijorat va ziroat ..

                                     

ⓘ Xoja Ahror

Xoja Ahror - ortaosiyolik mutafakkir, naqshbandiya tariqati rahnamolaridan.

Otasi shayx Xoja Mahmud naqshbandiyaning xojagon sulukida bolgan, tijorat va ziroat ishlari bilan shugullangan. Shayx Xovandi Tohur ona tomondan uning bobosidir. X.A.ning bolalik va yoshlik davri Toshkentda otgan. Toshkent va Samarqand madrasalarida tahsil olgan. U tasavvuf ilmiga qiziqadi, shu maqsadda Hirotga borib Shayx Bahouddin Umar, Shayx Zayniddin Xavofiy kabi taniqli mutasavviflar suhbatida boldi. Bahouddin Naqshbandniig shogirdi shayx Yoqub Charxiy 1447 y.v.e.dan naqshbandiya tariqati asoslarini organdi. U Yoqub Charxiydan irshod huquqini olib, murshidi komillik maqomiga yetgach, Toshkent, Turkiston atroflarida shuhrat topa boshlaydi. Naqshbandiya talimotining davomchisi sifatida ulamolar ortasida katta obro orttirdi va "valiy" "avliyo" sifatida tanilib "Ahror" "Hur", "Ozod" nomiga ega boldi. Tasavvufda bu nom 3 xil asirlikdan xalos bolgan: hayvoniy histuygularni yenggan; ozining barcha xohishistagidan voz kechib, faqat Allohning irodasiga boysungan; rasmrusum va hayot kechirishning barcha odat va annalaridan xoli bolib, ilohiy nur yogdusiga garq bolgan zotga nisbatan qollaniladi.

X.A., ayni vaqtda, dehqonchilik va tijorat ishlari bilan shugullanadi. Juda katta yersuv, molmulk uning tasarrufida edi. Shu bois Urta Osiyoda beqiyos iqtisodiy va siyosiy qudratga ega bolib, mamlakatning ichki va tashqi siyosiy hayotida yetakchi orin egallaydi. U faqat Movarounnahrda emas, Xuroson, Hindistonda ham savdosotiq ishlarini yolga qoygan. Butun umri davomida elyurt va xalqning manfaati yolida kop savob, xayrli ishlar qilgan. Oz xojalik faoliyatidan olgan daromadning kop qismini aholi tolashi lozim bolgan soliqlarni tolashga, diniy ishlarga, madaniy qurilishlarni amalga oshirishga sarflagan. Hojatmand insonlarga va oilalarga muttasil yordam berib, mehr va muruvvatini ayamagan. Jamiyatdagi tutgan yuksak mavqeidan foydalanib taxt uchun kurashgan shahzodalar ortasidagi nizolarni tinchlik yoli bilan bartaraf qilgan. X.A. Amir Temur tuzgan buyuk saltanat parchalanayotgan, tahlikali va ota murakkab davrda yashadi. Shunday sharoitda u fuqarolar, elyurt manfaatini kozlab, siyosiy voqealarda ishtirok etishga majbur boldi. Garchi soliklar siyosatdan uzoq turishni afzal korgan bolsalarda, X.A. bu ananani buzdi. X.A.ning sulton va podshohlar bilan muloqotda bolishi shunchaki yuksak martaba, shaxsiy manfaat va shuhrat ketidan quvish uchun emas, balki oddiy fuqarolar manfaatini himoya qilish uchun zarur edi. U shu tariqa mazlumlarning homiysiga aylandi. Jomiy, Navoiy, Bobur X.A.ni ozlariga manaviy pirustoz deb bilganlar.

X.A.ning 3 risolasi bizgacha yetib kelgan. Birinchi, "Faqarot ulorifin" "Oriflar sozlaridan parchalar" bolib, unda X.A. va boshqa bazi mutasavviflarning tariqatga oid fikrlaridan namunalar keltirilgan. Ikkinchisi "Volidiya" "Otaga bagishlov" bolib, uni oz otasi iltimosiga kora yozgan. Unda tariqat yoliga kirgan kishining axloqi, odobi, faqr va fano tushunchalari haqida soz boradi. Bu risola oz davrida keng shuhrat qozonib, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy unga munosib baho bergan. Zahiriddin Muhammad Bobur bu risolani fors tilidan ozbek tiliga sheriy tarjima kilgan. Bu tarjima 1991 yilda Toshkentda nashr etilgan. Risola 2004 yilda sharqshunoslar Mahmud Hasaniy va Dilora Rajabova tomonidan forsi ydan kayta tarjima qilingan va nashr etilgan. Uchinchi risola "Havroiyya" deb atalib, mashhur mutasavvif shoir Abu Sayd Abdulxayr Pa.ning "Havro" "Hurlar" yoki "Farishtalar" sozi bilan boshlanuvchi bir ruboiysini sharhlashga bagishlangan. Bu asarlardan boshqaX.A.ning oz zamondoshlariga yollagan maktublari ham bizgacha yetib kelgan. Ular X.A.ning oz davri ijtimoiy, siyosiy va manaviy hayotida tutgan ornini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Bu maktublarning ruscha tarjimasini tarix fanlari dri Asomiddin Orinboyev tayyorladi. Maktublar A.Orinboyev bilan amerikalik olima, NyuJersi universitetining professori Jo Enn Gross hamkorligida ingliz tiliga ogirilib, "Xoja Ubaydulloh Ahrorning xatlari va uning muridlari" nomi bilan 2002 yilda Gollandiyada nashr etildi.

X.A. tasavvuf nazariyasi va amaliyotiga katta hissa qoshgan. Uning madaniy merosida Quron oyatlarining tafsiri, hadislarning sharxlari aloxida urin egallaydi. Faxruddin Ali Safiyning "Rashahot" asarida X.A.ning 120 ga yaqin tafsiru sharxlari rashha tomchilar tarzida berilgan. X.A. musulmon dunesining buyuk mutasavviflar silsilasida motabar orin tutadi. Musulmon dunyosida 356 ta avliyo otgan bolib, ulardan 3 tasi Qutb ulAqtob ulug darajaga yetgan avliyo sifatida etirof etilgan. Shu 3 zotning biri X.A. bolgan.

Ozbekistonda istiklol tufayli X.A. ning manaviy merosi chuqur organilmoqda. X.A. tavalludining 600 y.ligini keng nishonlash hakida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 2004 y. 25 mart uning ana shu merosidan xalqni bahramand etishda muhim ahamiyatga ega boldi.

                                     
  • Xoja Ahror majmuasi - Samarqand atrofidagi me moriy yodgorlik 15 - 20 - a.lar Samarqand tumanidagi Ulug bek qishlog i hududida. Xoja Axror qabri yaqinida
  • boshlangan. Mas, Xoja Yusuf Hamadoniy, Xoja Abduxoliq G ijduvoniy, Xoja Axmad Yassaviy, Xoja Muxammad Samosiy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy va h
  • Nodir devonbegi mablag iga qurilgan. Xoja Ahror xonakoxi yonida joylashganligidan ba zan xalq orasida Xoja Ahror madrasasi hamda quyosh va sherlar tasviri
  • tarixidan 1974 Navoiy ijodi - ilhom manbai 1991 Xoja Ahror Vali 1993 Xoja Ahror tarixi 1994 kabi ilmiy asarlar va bir necha o quv qo llanmalar
  • otasi bo lmish Umar Bog istoniyning qabri bor. Qabr atrofida bog barpo qilingan. B.da Xoja Ahror tug ilgan. O zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000 - yil
  • hokimi Toshkent va Shohruxiyani talashib urush boshlaganlarida, Xoja Ubaydullo Ahror ular o rtasida M. bo lgan. Fiqh diniy huquq ilmida miyoncha shariat
  • yo lda, hozirgi Qamashi tumanidagi Qavchin qishlog i o rnida joylashgan. Xoja Ahror mulklariga oid vaqf hujjatlarida 15 - 16 - asrlar qayd etib o tilgan. N
  • Faxriddi n Ali Safiy.Rashahot, T., 2003 Ma naviyat yulduzlari, T., 2001 Xoja Ahror Valiyning Markaziy Osiyo tarixi va ma naviyatida tutgan o rni Ilmiyamaliy
  • qabristoniga aylangan. Xoja Ahror qabr ustiga maqbara qurdiradi. Zotan uning volidai muhtaramasi shayx Dovudning qizi bo lgan. Xoja Ahror qurdirgan inshoot
  • Termiziy, Najmiddin Kubro, Abduxoliq G ijduvoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy, Shayx Zayniddin, Zangi ota, Shayx Xovandi