ⓘ Xoja Muxammad Islom Ibn Xoja Ahmad, Faxriddin Xoja Muhammad Islom, Xoja Islom Joyboriy - Joybor xojalarining mashhur namoyandasi, Buxoro shayx ulislomi. Buxoro ..

                                     

ⓘ Xoja Muxammad Islom Ibn Xoja Ahmad

Xoja Muxammad Islom Ibn Xoja Ahmad, Faxriddin Xoja Muhammad Islom, Xoja Islom Joyboriy - Joybor xojalarining mashhur namoyandasi, Buxoro shayx ulislomi.

Buxoro xonlari Ubaydullaxon va Abdullaxon II ning piri. X.M.I. yoshligidan naqshbandiya tariqati asoslarini puxta organgan. Maxdumi Azam unga ustozlik qilgan. X.M.I. keyinchalik naqshbandiylik tariqatini keng targib qilgani uchun "Piri Shastiy" unvoniga ham sazovor bolgan. X.M.I. yoshligidan davlat va siyosat ishlariga faol aralashgan. Buxoro hokimi Ubaydulla sulton saroyida xizmatda bolgan.

X.M.I. Abdullaxon II ning markazlashgan davlat tuzish yolidagi qattiqqol siyosatini qollab quvvatlagan. Buxoro xonligidagina emas, balki butun musulmon Sharqida uning nufuzi baland bolgan. Hindiston, Eron, Koshgar, Badaxshon hukmdorlari u bilan xat yozishib turishgan. Movarounnaxrdagi siyosiy jarayonlarda Maxdumi Azam vafoti 1542dan song markaziy siymo yirik diniy ulamo sifatida asosiy rol oynagan. Abdullaxon II Balx hokimi Pirmuhammadxon taklifini qabul qilib, Buxorodagi hokimligini Balxdagi hokimlikka almashmoqchi bolganida X.M.I. Abdullaxon II bilan uchrashib, uni bu yanglish qaroridan qaytaradi 1561.

Buxoro xonligida shu davrda qurilgan koplab memoriy obidalar otaogil: X.M.I. va Xoja Saduddin nomlari bilan bogliqdir. X.M.I.ning Gavkushon va Joybor madrasalarida 8 ming jildlik ulkan kutubxonasi bolgan. U saxovatli va muruvvatli inson bolgani uchun Buxoro xalqi tomonidan "Qutbul gavs" "Madadkor qutb", yani avliyo deb ezozlangan.

                                     
  • Abdullatif 144950 Abdullo Mirzo 1450 - 51 Abu Sayd ibn Sulton Muhammad 1451 - 69 Sulton Ahmad Mirzo 1469 - 94 Sulton Mahmud Mirzo 1494 - 98 Sulton
  • uzok zamonlardan beri yashab kelganidan dalolat beradi. Buni bukj alloma Muxammad al - Xorazmiy, mashxur tarixchi at - Tabariy, jugrofiya olimi al - Istaxriy va