ⓘ Xoja ubbon - Buxoro shahridan 50 km shim.garbda, Dashti Urganjiy qumligida joylashgan shifobaxsh suvli quduq va qadamjo. Aslida u Xoja Obbon shaklida yuritilib, ..

                                     

ⓘ Xoja ubbon

Xoja ubbon - Buxoro shahridan 50 km shim.garbda, Dashti Urganjiy qumligida joylashgan shifobaxsh suvli quduq va qadamjo. Aslida u "Xoja Obbon" shaklida yuritilib, "suv qoriqchisi, suv homiysi" manosini anglatgan.

Rivoyat qilinishicha, X.U.Amudaryo qayiqchi va kemachilarining shfi va suv muakkili: qoqshoq qoriq yerlar va dashtlarga bulutlarni haydab yomgir yogdiradigan avliyo hisoblangan. Shu boisdan Buxoro viloyatining suvsiz dashtliklaridagi ayrim qishloq va qadamjolar Ubbon, Sulton Xubbi, Hazrat Xubbin va Oqshix bobo kabi nomlar bilan ataladi. X.U. qudugining suvi mineral tuzlarga boy, tami shor va achchiq bolib, otmishda teri kasalliklariga yoliqqan kishilarning davolanish maskani va ziyoratgohi bolgan.

X.U. ziyoratgohi ilgari bir necha inshootlar majmuidan iborat bolgan. Quduq usti pishiq gishtdan chortoq uslubida gumbazli bino, uning yonginasida xonaqoh va panja shaklida mis tuglar ishlangan, bir nechta saganalarning bosh qismida arxar shoxlar ornatilgan.

1964 yilda X.U. qudugi ustidan 14-asr memoriy hamda nodir gidrotexnika obidasi buzib tashlangan. Biroq, kop vaqt otmay u joyda yangi quduq kavlanib, yangi imoratlar qad kotardi, saganalar tamirlandi, davolanuvchi ziyoratchilarning soni esa ortib bordi.

Ad. Ayniy S, Esdaliklar, T., 1953; Gulomov Ya., Xorazmning sugorilish tarixi. Qadim zamonlardan hozirgacha, T., 1959; Yoldoshev N., Buxoroavliyolariningtarixi, Buxoro, 1997.

Abdulahad Muhammadjonov.