ⓘ Xokkey - sport oyini. Darvozalar ornatilgan maxsus maydoncha da klyushka va top bilan jamoa bolib oynaladi. Oyinchilar tomonidan raqib darvozasiga koproq top ki ..

                                     

ⓘ Xokkey

Xokkey - sport oyini. Darvozalar ornatilgan maxsus maydoncha da klyushka va top bilan jamoa bolib oynaladi. Oyinchilar tomonidan raqib darvozasiga koproq top kiritish maqsad qilib qoyiladi. X.ning 3 ta asosiy turi bor: chim ustida X., muz ustida oynaladigan topli X., shaybali X.

Chim ustida X. maydonining olchami 91.4x55 m, klyushkasining ogirligi 652 - 794 g, topining ogirligi 156 - 163 g, oyin vaqti 90 min. 45 min.dan 2 bolim. Musobaqalashayotgan 2 jamoada 11 tadan oyinchi qatnashadi. Chim ustida X.ga oxshash oyinlar mil.dan 2 ming yil avval ham Misr, Yunoniston, Orta Osiyo va boshqa joylarda mavjud bolgan. Orta Osiyoda chorvadorlar ortasida avval tosh bilan oynaladigan podachi, keyinroq ot minib oynaladigan chavgon ommalashgan. Chavgon Boburiylar saltanati davrida Hindistonda keng tarqalgan. 19-asr ning 2-yarmida Buyuk Britaniyada chim ustida X. klublari tuzildi. 1875 yilda London X. uyushmasi tomonidan chim ustida X.ning zamonaviy oyin qoidalari ishlab chiqildi. Bu qoida 1907 yilda tasdiklandi. Chim ustida X.ning erkaklar musobaqasi 1908 yildan, ayollar musobaqasi 1920 yildan olimpiada dasturiga kiritilgan. 1924 yilda Xalqaro X. federatsiyasi FIH tashkil etilgan, unga 120 davlat azo 2003. Bu federatsiya 1970 yildan erkaklar ortasida, 1973 yildan ayollar ortasida jahon chempionatlari otkazadi. Chim ustida X. Hindiston, Pokiston, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gollandiyada rivojlangan.

Ozbekistonda chim ustida X. 20-asrning 70-yillaridan ommalasha boshladi. 1972 yilda Andijonda dastlabki chim ustida X. jamoasi tuzildi. 1973 yildan erkaklar, 1975 yildan ayollar ortasida chim ustida X. musobaqalari utkazila boshlandi. Respublikada chim ustida X.ga ixtisoslashgan 10 ta bolalar va osmirlar sport maktabi bor, ularda 45 nafar murabbiy qol ostida 1200 nafardan ziyod oquvchi shugullanadi 2004. Miriman Kim, Oybek Patiddinov, Rinat Mamatkazin, Liliya Mutalapova kabi mahoratli murabbiylar yetakchi X.chilarni tarbiyaladi. Ayniqsa, ayol X.chilar yuqori natijalarga erishdi. Valentina Zazdravnix, Nelliko Gorbatkova, Laylo Axmerova va Alina Xam olimpiada oyinlari bronza medali sovrindorlaridir 1980, Moskva. Ozbekiston chim ustida X. ayollar terma jamoasi Osiyo oyinlari va jahon kubogi finalida qatnashgan.

Topli X. maydonining olchami 90 - 100 x 50–65 m, klyushkasining uz. 120 sm, qayrilgan qismi 6.5 sm, ogirligi 450 g, topining diametri 6 sm, ogirligi 58 - 62 g, oyin vaqti 70 min. 35 min.dan 2 bolim. Musobaqalashayotgan 2 jamoada 11 tadan oyinchi qatnashadi. Topli X.ga oxshash oyinlar Yevropaning shim. mamlakatlarida orta asrlarda paydo boldi. 1891 yilda Buyuk Britaniyada milliy assotsiatsiya tuzilgan va topli X.ning oyin qoidalari ishlab chiqilgan. 1955 yilda Xalqaro topli X. federatsiyasi IBF tashkil etilib, topli X.ning oyin qoidalari tasdiqlangan. Federatsiya 1957 yildan jahon chempionatlari 1961 yildan 2 yilda 1 marta otkazib keladi. Rossiya, Shvetsiya, Finlyandiya va boshqa davlatlarda topli X. rivojlangan.

Shaybali X. maydonining olchami 51 - 61 x 24–30 m, klyushkasining uz. 140 sm, qayrilgan qismi 37.5 sm, ogirligi 500 g, rezinadan tayyorlangan shaybaning diametri 7.62 sm, qalinligi 2.54 sm, ogirligi 150 - 170 g, oyin vaqti 60 min. 20 min.dan 3 bolim. Musobaqalashayotgan 2 jamoada 6 tadan oyinchi qatnashadi. Shaybali X. 19-asrning 60-yillarida Kanadada paydo bolgan va Yevropaning shim. davlatlarida ham keng tarqalgan. 1870 yilda Torontoda shaybali X. assotsiatsiyam tuzildi. 1886 yilda shaybali X.ning oyin qoidalari elon qilingan. 1892 yildan Kanadada shaybali X. boyicha Stenli kubogi musobaqalari otkazib kelinadi. 1899 yilda Monrealda shaybali X.ga moslashgan dastlabki yopiq sport saroyi qurildi. 1908 yilda Xalqaro muz ustida X. ligasi LIHG tashkil etildi. Unga 40 ga yaqin davlat azo 2004. 1924 yildan shaybali X. kishki olimpiada oyinlari dasturiga kiritilgan. 1973 yilda Jahon X. assotsiatsiyasi WHAra asos solindi va Stenli kubogi musobaqalarida kanadaliklar bilan birga AQSH professional klublari qatnasha boshladi. Shaybali X. Kanada, Rossiya, Shvetsiya, AQSH, Chexiya, Finlyandiya, Slovakiya davlatlarida rivojlangan.

navoiy chim ustida xakkey