ⓘ Xoletsistit - ot pufaginyant yalliglanishi. Ovqat hazm qilish sistemasining keng tarqalgan kasalliklaridan biri. Koproq orta va keksa yoshdagi ayollarda uchrayd ..

                                     

ⓘ Xoletsistit

Xoletsistit - ot pufaginyant yalliglanishi. Ovqat hazm qilish sistemasining keng tarqalgan kasalliklaridan biri. Koproq orta va keksa yoshdagi ayollarda uchraydi. Aksariyat otpgosh kasalligida kuzatiladi. Ot pufagi funksiyasining buzilishi, unda tosh paydo bolib, ot toxtab qolishi, ovqatlanish xususiyatiga bogliq holda ot tarkibining ozgarishi, kam harakatlanish, surunkali qabziyat, homiladorlik, turli xil infeksiyalar X. ga sabab boladi. Otkir va surunkali X. farq qilinadi.

Otkir X.da ong qovurga ostida jigar sohasida, bazan kindik atrofida tosatdan qattiq ogriq paydo boladi. Bemor isitmalaydi, kongli aynib qusadi. Ogriq kopincha ong qol va ong kurakka tarqaladi. U zorayganda bemor betoqatlanib, ozini qoygani joy topolmay qoladi. Jigari, ot pufagi shishadi, koz oqlari, terisi sargayadi qarang Sariq kasalligi. Siydik qizgishsariq rangga kiradi.

Surunkali X. kopincha otkir X.dan song, astasekin vujudga keladi. Kop belgilari otkir X.ga oxshash. Surunkali X. ogriqsiz kechishi ham mumkin, bazan qorinning yuqori qismida ogirlik seziladi, kongil ayniydi, kekirik paydo boladi. Achchiq yoki yogliq qovurma taomlar istemol qilinganda kasallik yanada zorayadi.

X.da semirish va moddalar almashinuvi buzilishining oldini olish, qabziyatga yol qoymaslik, organizmdagi infeksiya manbalari chirigan tishlar, tonzillit va boshqalarni davolash kerak.