ⓘ Xolbeyn, Golbeyn Xans Kichkina - nemis rassomi va grafigi; Uygonish davrining yirik vakili. Otasi rassom Xans X. Kattadan talim olgan. 1515 - 26 yillar Bazelda, ..

                                     

ⓘ Xolbeyn

Xolbeyn, Golbeyn Xans Kichkina - nemis rassomi va grafigi; Uygonish davrining yirik vakili. Otasi rassom Xans X. Kattadan talim olgan. 1515 - 26 yillar Bazelda, 1526 - 32 yillar Angliyada ishlagan, 1536 yildan kirol Genrix VIII saroyida rassom. X. sanati ingliz va Garb. Yevropa portreti rivojiga kuchli tasir korsatgan. Bazelda diniy mavzularda asarlar yaratgan, insonparvarlarning ichki qadriyati va manaviy qudratini ifodalovchi portretlar, portret rasmlar, illyustratsiyalar ishlagan, jamoat binolarini bezagan. "Olim qiyofalari" turkum rasmlarida Buyuk xoch urushi voqealarini majoziy shaklda aks ettirgan. Ingliz insonparvarlari bilan ishlagan davrda psixologik otkir va anik, rangtasvir va grafika portretlari yuzaga keldi. X. zamondoshlarining oziga xos xususiyatlarini sinchiklab kuzatadi hamda ularning kiyofalarini aniq tasvirlaydi: savdogar G. Gisse, fransuz elchisi Sh. Morstt, ingliz kirolichasi Jeyn Seymur kabilarning mashhur portretlari shular jumlasidan; "Temirsaroy" va boshqa devoriy rasmlarni ishladi.

X. ijodi jahon portret va Uygonish davri badiiy madaniyatining choqqisidir.