ⓘ Xon, unvon. Xon - turkiy va mogul xalqlari hukmdorlari unvoni. Dastlab qabila sard ori, keyinchalik oliy hukmdorni anglatgan. Saljuqiplar va xorazmshohlar davri ..

                                     

ⓘ Xon (unvon)

Xon - turkiy va mogul xalqlari hukmdorlari unvoni. Dastlab qabila sard ori, keyinchalik oliy hukmdorni anglatgan. Saljuqiplar va xorazmshohlar davrida X. viloyat, shahar hokimi yoxud darajasiga kura amir yoki malik lavozimlariga nisbatan yuqori hisoblangan, ayni paytda, mamlakat boshligi sultonga tobe bolgan turkiy boshlikni bildirgan. X. arelon, bugra singari sozlar bilan birikib qoraxoniylar davlati hukmdorlarini anglatgan. Mogul imperiyasiga asos solgan Temuchin "Chingizxon" unvonini qabul qilgan. Imperiya hududida tashkil topgan ulus hukmdorlari ham X. deb nomlangan. Chingizxon vafotidan song, saltanat taxtiga otirgan chingiziylarga qoon unvoni berilgan. Mogul hukmronligi davrida Eronda nomusulmon hukmdorlar X., musulmon hukmdorlar esa, sulton deb atalgan. Temuriylarda Chingizxon sulolasiga daxldor shaxslar X. unvoni bilan yuritilgan. Shayboniylarsa X. hukmdor yoki taxt vorisini, sulton esa shahzodani ifodalagan. Safaviylar davrida X. unvoni viloyat boshliqlari - amirlarga berilgan va ular oz rutbalariga kora, 3tabaqali zodagonlar sifatida etirof etilgan.

Ayni vaqtda X. Eron va Afgonis,tonning turli kochmanchi va yarim kochmanchi qabilalari orasida kabila yoki urug sardori unvoni tarzida shuhrat topgan. Qoqon va Xiva xonligi hukmdorlari ham ozlarini X. deb atashgan. Bu nom ularning chingiziylar bilan qarindoshlik rishtalari mavjudligiga ham ishora hisoblangan. Qojarlar davlatida 19-asr turli darajadagi harbiy va mamuriy amaldorlar, Hindistondagi musulmon davlatlarida turli martabadagi mansabdorlar ham X. deb yuritilgan.

Ad.:Bartold V. V., Sochineniya, t.2., ch. 1, M., 1963; Dadabayev X., Obshestvennopoliticheskaya i sotsialnoekonomicheskaya terminologiya v tyurkoyazichnix pamyatnikax XIXIV vv., T., 1991.