ⓘ Xondiza polimetall ruda koni - Surxondaryo viloyatidagi kon. Hisor toglarining jan.garbiy qismida, Denov shahridan 90 km narida joylashgan. Vulkanogen jinslarda ..

                                     

ⓘ Xondiza polimetall ruda koni

Xondiza polimetall ruda koni - Surxondaryo viloyatidagi kon. Hisor toglarining jan.garbiy qismida, Denov shahridan 90 km narida joylashgan. Vulkanogen jinslardagi kolchedanpolimetall sanoatgenetik tipga mansub. Konda 1968 - 74 yillarda mufassal razvedka ishlari olib borilgan. Konni T. Sh. Shoyoqubov ochgan. Xondiza polimetall ruda konir. k. vulkanotektonik strukturada joylashgan bolib, asosan, andezitdatsitriolit tarkibli quyi karbon tog jinslaridan tuzilgan. Intruziv tog jinslaridan granitporfir, gabbrogranit, gabbrodiorit, diabazporfir, adamelit va lamprofirlar mavjud. Kondagi eng katga ruda toplami vize yarusining zoy va vaxshivar svita yotqiziklarida joylashgan. Asosiy rudalashuv zonasi bir-biriga yaqin joylashgan, 10– 20 m dan 120–150 m gacha bolgan qatlamsimon va linzasimon tanalardan iborat bolib, yalpi brekchiyasimon hamda xolxolsimon rudalar majmuasidan iborat. Polimetall rudalar, asosan, galenit, sfalerit, xalkopirit minerallaridan tashkil topgan. Oz miqdorda pirit, kvars, seritsit, dolomit, xlorid ham uchraydi. Rudada asosiy elementlar dan tashqari, sanoat ahamiyatiga ega Ai, Ag, Cd, Se, Fe va boshqa bor. Xondiza polimetall ruda konir.k.da qorgoshin - 703.8 ming t, rux - 1503.8 ming t, mis 173.1 ming t, kumush - 2333.3 t, oltin - 7064 kg, selen - 128 t, kadmiy, indiy va boshqalarning zaxiralari aniqlangan. Xondiza polimetall ruda konir.k.ni ozlashtirish 2005 yildan qoshma korxona tashkil qilish yoli bilan amalga oshirish moljallangan.