ⓘ Xonquli topchiboshi - Buxoro xonliginiig Rossiyaga yuborgan elchilari rahbari. Xonquli topchiboshi rus asirlaridan bolib, musulmonlikni qabul qilgan va Buxoro x ..

                                     

ⓘ Xonquli topchiboshi

Xonquli topchiboshi - Buxoro xonliginiig Rossiyaga yuborgan elchilari rahbari. Xonquli topchiboshi rus asirlaridan bolib, musulmonlikni qabul qilgan va Buxoro xoni Abulfayzxon saroyida xizmat pogonasida xon qulidan topchiboshi mansabigacha erishgan. Xonquli topchiboshi boshchilik qilgan elchilarning asosiy maqsadi Rossiya bilan Buxoro ortasida ozaro boj olmay savdosotiq qilishni yolga qoyish, asirlikdagi buxoroliklarni ozod qilish bolgan. Elchilik oz vazifasini tola ado etgan.

Buxoro elchilari Peterburgdan 1718 y. 18 martda jonab ketishgan. Ashtarxonda ularning safiga Pyotr I tomonidan Rossiya davlatining Buxoro xonligidagi elchisi aslida josuslik missiyasi boshligi qilib tayinlangan Florio Beneveni qoshilgach 1718 y. 13 noyabr, har ikki elchilik hayatini Eron orqali Buxoroga jonab ketishi maqul korilgan. Ashtarxondan faqat 1719 y. 24 iyunda yolga chiqilgan. Xonquli topchiboshi va F. Beneveni Shirvon xoni huzurida - Shemaxada ancha turib qolishgach, 1721 y. 25 mayda Buxoroga yol olishgan. 1721 y. 6 noyabrda Xonquli topchiboshi va F. Beneveni boshchiligidagi elchilar Buxoro shahrida tantanali kutib olingan.

                                     

1. Adabiyot

  • Poslannik Petra I na Vostoke. Posolstvo Florio Beneveni v Persiyu i Buxaru v 17181725 godax, M., 1986; Gulamov X. G., Iz istorii diplomaticheskix otnosheniy Rossii s Buxarskim xanstvom XVIII v., T., 1992.