ⓘ Xor - 1 antik davr teatr tomoshalarining jamoaviy ishtirokchisi; birgalikda kuylab, raqsga tushib dramatik holatlarga, qahramonlar harakatiga izoh beradigan akt ..

                                     

ⓘ Xor

Xor - 1) antik davr teatr tomoshalarining jamoaviy ishtirokchisi; birgalikda kuylab, raqsga tushib dramatik holatlarga, qahramonlar harakatiga izoh beradigan aktyorlar guruhi; 2) xonandalar jamoasi. Tarkibiga kora, bir turdagi va aralash, shuningdek, ijrochilar soniga qarab kamer, kichik va katta X.larga bolinadi. Yevropada professional unison X.lar xristian cherkovlarda 4-asrdan malum. 10 - 13-asrlardaX. jamoasining ovoz larga bolinishi boshlandi. Gomofoniya uslubi va mumtoz garmoniyanutt rivoji davri dan aralash X. jamoasi 4 ta partiyaga ajratildi. X. ijrochiligi musiqa cholgulari jorligida va jorsiz boladi. Ozbekistonda kop ovozli X. ijrochiligi 19-asr oxiridan rivojlana boshladi. Professional X.lar 20-asr ortalarida tashkil topgan: Ozbek radiosi X.i, Navoiy teatri X.i, Ozbek filarmoniyasining Davlat akademik kapellasi. Aynan shu davrdan boshlab X. ijrochiligi maxsus musiqa talimi tizimiga kiritildi, professional jamoalar qatorida oquv, havaskor, bolalar X.lari keng rivoj topdi. Hozirda Ozbekistonda bir necha professional X. jamoalari faoliyat korsatmoqda. Ozbekiston davlat akademik kapellasi. Repertuaridan chet el kompozitorlari ning mumtoz asarlari, shuningdek, qayta ishlangan ozbek xalk, qoshiqlari, Ozbekiston kompozitorlari asarlari orin olgan. Ozteleradiokompaniyasi qoshidagi Respublikada xizmat korsatgan xor jamoasi. Ijro uslubida Yevropa xor ananalari bilan milliy xonandalik. uslublari uygunlashgan. Repertuaridan M. Burhonov, B. Umidjonov, S. Boboyev, Ik. Akbarov, M. Nasimov va boshqa qayta ishlagan xalq qoshiklari, M. Bafoyev, F. Alimov, B. Lutfullayev, D. Omonullayeva, N. Giyosov va boshqa ozbek kompozitorlarining poema, kantata, oratoriyalari asosiy Urin tutadi. Xususiy tashkil etilgan "Ipak yoli" kamer xori faoliyat yuritgan. Repertuaridan jahon xalqlari qoshiqlari, chet el mumtoz asarlari urin olgan.

Barno Musaboyeva.