ⓘ Xor musiqasi - musiqa turi; xor ijrosi uchun moljallangan musiqa asarlaridan iborat. Xalq va professional, diniy va dunyoviy Xor musiqasiga ajratiladi. Professi ..

                                     

ⓘ Xor musiqasi

Xor musiqasi - musiqa turi; xor ijrosi uchun moljallangan musiqa asarlaridan iborat. Xalq va professional, diniy va dunyoviy Xor musiqasiga ajratiladi. Professional Xor musiqasida messa, motet, madrigal, kantata, oratoriya, rekviyem kabi janrlar mavjud. Ozbekistonda Xor musiqasi 1930-yillarda yuzaga kelgan. Ilk namunalari ozbek xalq qoshiqlarining xor aranjirovkalari, ozbek musiqali drama va ilk ozbek operalaridagi xorlardan iborat. Mustakil Xor musiqasi asarlari 1940 - 60 yillarda rivoj topdi. Keyingi yillarda ozbek va boshqa xalk kuylarini kayta ishlash janrida M. Burhonov. S. Boboyev, B. Umidjonov, N. Sharafiyeva va boshqa samarali ijod qilishgan. M. Bafoyev, B. Lutfullayev, H. Rahimov, Feliks Yanov-Yanovskiy, N. Giyosov, D. Omonullayeva va boshqa oratoriya, poema, kantata, xor simfoniyasi va boshqa turkumli asarlar yaratishgan.