ⓘ Xorazm dostonchilik maktabi - ozbek baxshilik sanati markazlaridan biri. Xorazm dostonchiligida mavjud epik asarlar Ozbekistonning boshqa yerlaridagi ozbeklar o ..

                                     

ⓘ Xorazm dostonchilik maktabi

Xorazm dostonchilik maktabi - ozbek baxshilik sanati markazlaridan biri.

Xorazm dostonchiligida mavjud epik asarlar Ozbekistonning boshqa yerlaridagi ozbeklar orasida tarqalgan dostonlardan mazmuni, uslubi, kompozitsiyasi, obraz yaratish prinsiplari bilan farq qiladi. Xorazm dostonchilik maktabida ogzaki va yozma adabiyot ananalarining ozaro ijodiy hamkorligi sezilarli. Badihagoylik asosiy rol oynamaydi, musiqa yetakchilik qiladi. Kop hollarda aytuvchi qolida dostonning qolyozma matni boladi. Xorazmda epik asarlar 3 - 5 kishidan iborat baxshi ansambllari tomonidan ijro etiladi. Baxshi dostonni dutorda keyinchalik tor ham ishlatila boshladi kuylaydi, unga gijjakchi, bulamonchi jor boladi. Xorazm dostonlarida qahramonlarning his-tuygularini, ichki kechinmalarini nazm orqali, sarguzashtlarni nasr orqali bayon etish qatiy tartiblashgan. Doston kuylashdan oldin baxshi ansambli "Peshrav", "Muxammasi ushshoq" kabi biror kuy chaladi, song didaktik xarakterdagi qoshiq kuylanadi. Doston tugagach, "Toyingdan qaytsin" kuyi ijro etiladi. Xorazm dostonchilik maktabim.da asar ichki bogiz tovushda emas, balki ochiq ovozda ijro etilishi bilan ham boshqa dostonchilik ananalaridan farq qiladi. Xorazm dostonchilik maktabining yirik vakillari: Suyav baxshi 19-asr, Jumanazar baxshi, Ahmad baxshi, Matnazar Jabbor ogli, Bola baxshi, Xudoybergan Otagan ogli, Ollobergan baxshi, Murod baxshi, Boltaboy baxshi, Jumaboy baxshi, Qodir sozchi va boshqa Ular repertuarida "Gorogli" turkumi dostonlari, "Oshiq Garib", "Oshiq Maxmud", "Oshiq Oydin", "Tohir va Zuhra", "Layli va Majnun", "Tulumbiy" kabi dostonlar mavjud. Yana Q. Xorazm mussha uslubi.