ⓘ Xorazm teatri, Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatri - Ozbekistondagi kohna teatrlardan biri. 1922 y. 2 martda Hukumat uyi nomi bilan Hamza boshc ..

                                     

ⓘ Xorazm teatri

Xorazm teatri, Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatri - Ozbekistondagi kohna teatrlardan biri. 1922 y. 2 martda "Hukumat uyi" nomi bilan Hamza boshchiligida tashkil bolgan. Yetuk sanatkor Masharif Polvonov rahbarligida teatr poydevorini yaratgan 12 kishidan iborat, Q. Qutliyev, M. Xarratov, Sh. Saloyev, J. Qalantarov va boshqalar) truppa oz faoliyatini kichik asarlar sahnalashtirishdan boshlagan. Hamza oz asarlari asosida sahnalashtirgan "Boy ila xizmatchi", "Tuhmatchilar jazosi", "Zaharli hayot", "Fargona fojialari", "Qarmoq", "Telefon", Mannon Uygurning "Turkiston tabibi", Gulom Zafariyning "Erk bolalari" kabilar teatrda qoyilgan ilk spektakllar bolib, bosh rollarni Masharif Polvonov, Yoqub Devonov, Oysha Bekchurina, Xanskiy, Xanskaya singari aktyorlar ijro etganlar. 1933 y. Xorazm markazi Urganchga kochirilishi munosabati bilan teatr ham Urganchga kochirilib, Xorazm okrug davlat musiqali drama teatri nomini olgan. Respublikaning turli viloyatlaridan istedodli sanatkorlar jalb etildi. M. Sheroziy, R. Omonov, K. Rahimov, Q. Iskandarov, Q. Boyjonov, M. Safoyev, O. Xudoyorova, M. Xudoyorov, S. Devonov, S. Hojiyeva, O. Rozmetova, R. Musayev, S. Musayeva, V. Fayozov, O. Qoriyeva, 3. Qobulov, Tamaraxonim, A. Turdiyev, Oxunjon sizits, S. Olimov, Sh. Ramazonov va boshqa shular jumlasidan. Ikkinchi jahon urushi yillari teatr jamoasi harbiy qismlarga xizmat qildilar. Urushdan keyingi yillar M. Sheroziy, H. Boltayev, K. Otaniyozov, V. Fayozov, Q. Boyjonov, N. Boltayev, N. Yusupova, S. Rahimova, S. Devonov, M. Raximov, 3. Gafforova, R. Otajonova, R. Boyjonova, M. Yusupovdek sanat atkorlar teatrni yuksak pogonalarga kotardilar. "Makr va muhabbat", "Layli va Majnun", "Farhod va Shirin", "Tohir va Zuhra", "Alpomish", "Oshiq Garib va Shohsanam", "Hamlet", "Qaroqchilar", "Monserro" va boshqa 50 - 60ylar yaratilgan eng yaxshi spektakllardir. 70 - 80-yillar teatrda yuksalish davri boldi. 3. Qobulov, A. Muhamedov, H. Islomov, H. Appanov, I. Niyozmatov singari malakali rej. lar dolzarb va badiiy tolaqonli asarlar saxnalashtirdilar. Istevdodli yosh ijodkorlar teatr jamoasiga kelib qoshildi. "Kechikkan sevgi", "Mindaugas", "Hijron", "Beruniy", "Ibn Sino", "Oltin devor", "Qaroqchilar", "Ajdodlar qilichi" kabi spektakllar shu yillar mahsulidir.

Mustaqillik yillari teatr Xorazm ijodkorlari bilan yaqindan hamkorlik qilishi uning ijodiy ravnaqiga ijobiy samarasini berdi. N. Solayev, Q. Matrizayev, Hayitmat Rasul asarlari teatr repertuarini boyitibgina qolmay, uning ijodiy takomillashuviga katta hissa bolib qoshildi. Komil Avazning "Marvarid taqqan ayol", "Feruz", "Ogahiy" musiqali dramalari, "Jobbi jujakning hiylasi", "Tashkildagi hangoma", "Javohir", "Tili asalim", "Nilufar", "Javlon jurra" komediyalari; "Avesto - mehr farzandi" spektakli songgi yillar sahnalashtirilgan eng yaxshi spektakllardir. Teatrga turli yillarda M. Polvonov, S. Saroymonov, 3. Qobulov, X. Appanov, H. Islomov, I. Niyozmatovlar bosh rej.lik, L. Abdullayeva, O. Ollaberganov, S. Qodirov, P. Kichkolar bosh rassomlik, A. Otajonov, H. Bobojonovlar bosh dirijyorlik, N. Shabanov, 3. Gafforovalar bosh baletmeysterlik qilib keldilar.

Hozirgi kunda 2005 G. Raximova, M. Bobojonov, Ozbekistonda xizmat korsatgan artistlardan Sh. Ramazonova, O. Bobojonov, O. Toganov, J. Nurlayevlar, artistlardan K. Tojiboyev, Sh. Shomurodov, A. Yoldoshev, P. Matyokubov, R. Qochqorov, S. Jumaniyozovlar teatrning yetakchi aktyorlaridir. Teatrning bosh rej. i - M. Quryozov, bosh rassomi - B. Bekmurodov.

Toshpolat Tursunov.