ⓘ XORAZM HAQIQATI - ijtimoiy-siyosiy gazeta. Urganch shahrida haftada 2 marta chop etiladi. Muassisi: Xorazm viloyati hokimligi. Dastlab, 1920 y. 8 martdan Inqilo ..

                                     

ⓘ Xorazm haqiqati

"XORAZM HAQIQATI" - ijtimoiy-siyosiy gazeta. Urganch shahrida haftada 2 marta chop etiladi. Muassisi: Xorazm viloyati hokimligi. Dastlab, 1920 y. 8 martdan "Inqilob quyoshi" nomi bilan nashr qilingan. 1939 y. 1 yanvardan hozirgi nomda. 1921 y. Xorazmga kelgan H.H. Niyoziy gazeta faoliyatini mustahkamlashga yordam bergan. Davlat va jamoat arboblari Karim Boltayev, Qurbon Beregin, Xudoybergan Devonov; yozuvchi va shoirlar Faqiriy, Mutrib, Partav, Chokar, Muganniy, Sayd Nazariy, Umar Qurboniy, Mahmud Ismoilov, Eshmurod Devonov, Xayit Eshmurodov va boshqa gaz.ning ilk muxbirlari bolgan. Sahifalarida viloyat hayotiga doir iqtisodiyijtimoiy, manaviy masalalar yoritib boriladi. 1996 y. 3 apreldan "Xorazm haqiqati" va "Xorezmskaya pravda" gaz.lari birlashgan tahririyati tashkil etildi.

Gaz.ga turli davrlarda Bekjon Rahmonov, Afzal Tagirov, Sharif Bulatov, Rahmat Majidiy, Qurbon Beregin, Otaxon Toshxojayev, Egam Rahimov, Erkin Samandarov, Karim Qurbonov muharrirlik qilganlar. Hozirgi muharriri Rustam Iskandarov 1996 yildan. Adadi 3443 2005.