ⓘ Xoreya - nerv sistemasi kasalligi; teztez takrorlanadigan gayritabiiy harakatlar, qoloyoqlarning tosatdan tortishishi, ortiqcha qisqarishi va h.k.; giperkiiyezn ..

                                     

ⓘ Xoreya

Xoreya - nerv sistemasi kasalligi; teztez takrorlanadigan gayritabiiy harakatlar, qoloyoqlarning tosatdan tortishishi, ortiqcha qisqarishi va h.k.; giperkiiyezning bir turi. X. terminini tibbiyotga nemis vrachi Paratsels kiritgan. Katta X., Kichik X. yoki Sidenxem X.si, Gentington X.si va boshqa farq qilinadi.

Revmatizmda miyaning organik ozgarishi revmatik X. yoki mustaqil surunkali irsiy kasallik sifatida kuzatiladi. X. boshlanishida xuddi revmatizmta xos alomatlar paydo boladi. Bunda dastlab bolada ota toliqish, diqqatetibor susayishi kuzatiladi; sekinasta uning harakatlari ozgaradi; bola sakraganga, oyinga tushayotganga oxshab yuradi, kozini pirillatadi, labini chochchaytiradi, qolida biror narsani ushlab turolmaydi choy yoki ovqatni tokib yuboradi, palapartish yozadi, yuzini burishtirib, tilini chiqaraveradi, bemor xuddi sizni masxaralayotganga oxshab ketadi. Keyinchalik bunday alomatlar jiddiy tus oladi. Vaqtvaqti bilan bemorning goh qoli, goh oyogi tortishib qoladi; muskul tonusi susayadi. X.ning oddini olish va davolashda vrach aytganlarini bekamu kost bajarish nihoyatda muhim. Odatda, revmatizmga yoliqqan bemorlar dispanser nazoratida bolishlari, agar X.ga xos andak ozgarish paydo bolsa, darhol vrachga korinishlari lozim. Kasallikka murtak bezining yalliglanishi sabab bolsa, darhol uni oldirib tashlash, revmatizmni muntazam profilaktik davolash tavsiya etiladi. Kasallik oz vaqtida davolansa, bemor butunlay sogayib ketadi. X. homiladorlikda, ayniqsa homiladorlikning dastlabki oylarida ham paydo bolishi mumkin; koproq yoshligida angina, revmatizm yoki X. bilan ogrigan ayollarda uchraydi. Bunday bemorlar ayollar konsultatsiyasiga vaqtida murojaat etishea, kasallikning oldi olinadi. X.ning Gentington xili aksariyat orta yashar va keksalarda uchraydi, nayeldannayelga otadi; bazan ateroskleroz oqibatida vujudga keladi. Bunda qoloyoq va tanadagi gayritabiiy harakatlar tilga ham otadi. Bemor gapirish, ovqat yeyish, yurishga qiynaladi, esi kirarlichiqarli boladi; ishga yaroqsiz bolib qoladi. Kasallik zoraygan davrida maxsus parvarish talab etiladi.