ⓘ Xoriyen qalasi, Xoriyen qoyasi - makedoniyalik Iskandar nint Turonzaminga qilgan bosqinchilik yurishi davrida mahalliy eparx lardan biri - Xoriyen rahbarligida ..

                                     

ⓘ Xoriyen qalasi

Xoriyen qalasi, Xoriyen qoyasi - makedoniyalik Iskandar nint Turonzaminga qilgan bosqinchilik yurishi davrida mahalliy eparx lardan biri - Xoriyen rahbarligida olib borilgan mudofaa. Aleksandr Sugd qoyasshsh egallagach, Paretaka viloyatiga yol olgan. Bu yerdagi mustaxkam qalalardan biriga Xoriyen boshqa aslzodalar bilan ornashib olgan. U uzoq muddatga yetadigan oziq-ovqat zaxirasini gamlab, mudofaaga shay bolib turgan. Kdlaning bal. 20 stadiy, aylanasi 60 stadiyni tashkil qilgan. Qala tik yon bagarli togda joylashib, unga faqat birgina tor soqmoq yol orqaligina chiqish mumkin bolgan. Qoya tepasidan tez oqar tog daryochasi oqib tushgan. Qalaning tevarak atrofi chuqur xandaq bilan orab olingan. Qamaldagilar kutmaganda Aleksandrning shaxsan rahbarligida makedoniyaliklar qisqa muddatda xandaqni mixlar yordamida bir-biriga biriktirilgan qaragay yogochlari bilan toldiradilar. Kdmaldagilar dastavval dushmanning bu ishlariga befarq qarashgan, biroq makedon qoshini koplab shotilar yasab, tog tepasiga chiqa boshlaganlarini korgach, Xoriyen taslim bolishga majbur bolgan. Aleksandr 500 ta qalqonbardori bilan qalaga kotarilib uning naqadar mustahkam ekanligiga shohid bolgan. Qishning qorboronlaridan sshtlasi qurigan, oziq-ovqat zaxirasi tugay deb qolgan makedon qoshini uchun Aleksandr Xoriyen qalasidagi oziq-ovqat zaxirasini olgan. Aleksandr qalani va uning atrofidagi viloyatni Xoriyen ixtiyoriga qoldirib, ozi Baqgriyaga yol olgan.