ⓘ Xorijiylar - islomdatn ilk oqim tarafdorlari. Xalifa Ali bilan umaviylar ortasidagi kurash davomida 7-asrning 2-yarmi boshlarida vujudga kelgan. Taxt uchun kura ..

                                     

ⓘ Xorijiylar

Xorijiylar - islomdatn ilk oqim tarafdorlari. Xalifa Ali bilan umaviylar ortasidagi kurash davomida 7-asrning 2-yarmi boshlarida vujudga kelgan. Taxt uchun kurashda Ali Muoviya tarafdorlari bilan muzokara olib borishga kongan. Bu hol Ali haqiqiy vorislik huquqiga ega deb hisoblagan tarafdorlarining ortasida norozilik tugdirgan. Qoshinning bir qismi Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib chiqqan va keyinchalik Aliga ham, ummaviylarga ham bab-baravar qarshi kurash boshlagan. Ana shu guruh tarafdorlari X. deb nom olgan. X. harakati arablar tomonidan boysundirilgan Iroq va Eron aholisi, oddiy arabmusulmonlar manfaatini ifodalagan. Ular ozlarini haqiqiy musulmon deb hisoblagan. X. "dindan qaytgan" deb elon qilingan siyosiy va goyaviy raqiblarga nisbatan murosasiz bolgan. X. talimotiga kora, xalifa diniy jamoa tomonidan saylanadi va jamoaga boysunadi; har qanday taqvodor musulmon xalifa bolib saylanishi mumkin; agar xalifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa, vazifasidan boshatiladi va hatto qatl etiladi. X. fikricha, etiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi lozim. Etiqod, gunohkor kishilarni jazolash masalalarida X. murjiishshrta qaramaqarshi turgan. Keyinchalik X. bir necha mayda guruhlarga bolinib ketgan. Umaviy va abbosiy xalifalar 7 - 9-asrlarda X.ga qarshi keskin kurash olib bordi. Buning natijasida X.ning kopi qirib tashlandi, qolganlari Shim. Afrikada oz davlatini vujudga keltirdi. X. xalifalikdagi kopgina qozgolonlar da qatnashgan. Hozirgi davrda X.ning ibodiylar firqasi magrib mamlakatlarida, Ummon, Tanzaniyada uchraydi.