ⓘ Xost, Xust, Xasht - orta asrlarda Toxaristonga mansub shaharlardan biri. Andarob sh. yaqinida, Banda daryosi boyida, alKurza vodiysida joylashgan. X. alohida ok ..

                                     

ⓘ Xost

Xost, Xust, Xasht - orta asrlarda Toxaristonga mansub shaharlardan biri. Andarob sh. yaqinida, Banda daryosi boyida, alKurza vodiysida joylashgan. X. alohida okrug markazi bolib, unga 4 tog daryosi boylab otgan 4 yol tutashgan. Xitoy sayyohi Syuan Szan asarida X. Toxaristondagi Kyusito mulki sifatida qayd etilgan. 7-asrda bu yerda 3 ta Budda ibodatxonasi va bir necha rohiblar bolgan. Bu yerda arablar istilosi davrida qala bolib, unda Nizak Tabarxon Qutayba ibn Muslim taqibidan qochib yashiringan. Qutayba bu mustahkam qalani kuch bilan egallay olmay, uni faqat hiyla bilan zabt etgan.

X. 9 - 10-asr manbalarida qayd etilgan. 9-asrda X.da jome masjidi bolgan. 10-asrda X. hosildor yerli, qalin boglarga ega ozoda va gozal shahar hisoblangan. Unda arablarning "ashraf" qabilasi yashagan, bu qabila 12-asrda Samoniy asarida ham qayd etilgan. Mogullar istilosidan long, shuningdek, Amir Temur va temuriylar davrida Balxga, 16 - 17-asrlarda esa Balx xonligiga tobe bolgan. Orta asr X. shahri hozir ham oz nomini saqlab qolgan. U 20-asr boshida Farang bilan birga Kattagon hokimiga tobe bir olkani tashkil qilgan.

                                     

1. Adabiyot

  • Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982; Kamaliddinov Sh.S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX - nachale XIII vv., T., 1996.