ⓘ Xotira qurilmasi - elektron hisoblash mashinasi, raqamli hisoblash mashinasi va kompyuterlarning axborotlarni qayd kilish, saqlash va operator izlaganda qaytari ..

                                     

ⓘ Xotira qurilmasi

Xotira qurilmasi - elektron hisoblash mashinasi, raqamli hisoblash mashinasi va kompyuterlarning axborotlarni qayd kilish, saqlash va operator izlaganda "qaytarib berish" uchun moljallangan qismi. Asosan integral mikrosxemalardan iborat. Xotira qurilmasida axborotlarni qayd qilishda axborotlarni eltuvchi material ning magnit xossasini ozgartirish, dielektriklarda elektrostatik zaryadlarni toplash, tovush va ultratovush tebranishlaridan foydalanish, ota otkazuvchanlik hodisasini qollash va boshqa amallar bajariladi.

Xotira qurilmasi, asosan, ota operativ, operativ va tashqi qurilmalardan iborat boladi. Axborotlarni izlash usuliga kora, adresli har bir xotira uyasiga zarur raqam qoyiladi va axborot aniq bir adres boyicha izlanadi hamda assotsiativ axborotlar alomatlar yigindisi boyicha izlanadi Xotira qurilmasi farqlanadi. Xotira qurilmasining axborotlar ochmaydigan diod matritsalar, perfolentalar va boshqalardagi axborotlar va ochadigan magnit eltuvchilar, ferromagnit ozaklar va boshqalardagi axborotlar turlari bor. Xotira qurilmasining asosiy ish korsatkichi birligi bit yoki bayt 8 bitda olchanadigan sigim, yani bir vaqtda Xotira qurilmasida joylashishi mumkin bolgan belgilar soni.

Inson miyasi eng mukammal Xotira qurilmasi hisoblanadi. Unda 10 - 15109 ga yakin asab hujayrasi uyasi - neytronlar mavjud bolib, ularning har biri xotira hujayrasi uyasini tashkil qiladi.

Kompyuterning "miyasi" - mikroprotsessor malumot yoki dasturlarni aynan xotiradan oladi va natijalarni unga qayd kiladi. Kompyuter diskdan malumotlarni "oqib", maxsus qismida saqlaydi va ish jarayonida undan bevosita foydalanib turadi. Ana shu maxsus kiyem operativ xotira deb ataladi. Kompyuterning imkoniyatlari operativ xotira sigimiga bogliq. Kompyuterda operativ xotira 1 Mbayt yoki undan kichik bolsa, u faqat MS DOS OT muhitida, agar 4 Mbayt bolsa, MS DOS OT, Windows 3.1 muhitida, 32 Mbayt va undan katta bolsa, lokal tarmoqdar internet, elektron pochta - Email da ishlashi mumkin. Kopchilik kompyuterlarda operativ xotira orasiga qoshimcha KEShxotira ornatiladi. Kop ishlatiladigan malumotlar ana shu xotiraga kayd kilinadi. IBM PC kompyuterida yana xotiraning BIOS doimiy xotira va CMOS yarim doimiy xotira turlari mavjud. Ularda kompyuter qurilmalarini tekshirish dasturlari, operatsion tizimni yuklash va kompyuter qurilmalariga xizmat korsatish vazifalarini bajarish dasturlari saqlanadi. Elektron texnikasining rivojlanishi, bionika yutuqyaaridan samarali foydalanish tufayli sigimi inson miyasi sigimiga yaqinlashib qoladigan Xotira qurilmasi yaratishga muvaffaq bolindi.

Ad.Xolmatov T.X. vab., Informatika, T., 2003.