ⓘ Xotun, qatun - xoqon xotini va hukmdor ayolga nisbatan qollanilgan turkiy unvon. Dastlab, hunlar davrida qayd etilgan. Turk xoqonligi davrida xoqondan keyin 2da ..

                                     

ⓘ Xotun

Xotun, qatun - xoqon xotini va hukmdor ayolga nisbatan qollanilgan turkiy unvon. Dastlab, hunlar davrida qayd etilgan. Turk xoqonligi davrida xoqondan keyin 2darajada turuvchi unvon.

X.lar tora asosida xoqon bilan birgalikda hokimiyatni boshqarishgan. Tarixda turkiy hukmdorlarning bir necha xotini bolganligi, faqat ulardan biri - bosh X. bolganligi malum. Xoqon vafot etganda ornini egallaydigan ogli kichik yosh bolsa X. uning nomidan hokimiyatni boshqargan.

Harbiy safar chogida ham X.lar hukmdorlar yonidan joy olganlar, shuningdek, xukmdor saroyda bolmagan paytda saroyni boshqarib, elchilik hayatlarini qabul qilganlar.

Turk xoqonligi davrida unga boysunuvchi bir qator olka, davlatlarda X. unvoni keng tarqalgan. Jumladan, Choch, Sugd, Buxoro, Toxariston, Zobuliston va Gandxarada ushbu unvon xukmdorlarning bosh xotiniga nisbatan qollanilgan. Mas, xitoy va arab manbalarida qayd etilishicha, Choch vohasida 7 - 8-asrlarda Xotunkat "Xotun shaxri" mavjud bolgan. Buxoroga 7-asrning 80-yillarida arablar bostirib kirgan paytda ularga Buxorxudot va Xotun qarshi chiqqan. Arablar tomonidan Bidun oldirilgach, uning ogli Tugshoda yosh bolganligi sababli taxtga xotini Xutak xotun otiradi. Shuningdek, 726 yilda Shim. Hindistonda bolgan xitoy sayyohi Xoy Chao bu yerdagi Gandxara olkasini turkiy sulola boshqarganligi va hukmdorning ayoli katun xotun budda monastiri qurdirganligini qayd etgan.

7 - 8-asrlarga taallukli sugdiy yozuvli qad. turkiy tangalar orasida qoshaloq tasvirli; ong tomonida hukmdor va malika tasvirlangan, orqa tomonida esa MR’Y hukmdor va a.’ttwnh xatun unvoni zarb qilingan tangalar uchraydi. Ushbu tangalar, asosan, mamlakatimiz hududidan topilgan bolib, Sugd yoki Buxoroda hukmronlik qilgan turkiy sulolaga mansub hisoblanadi.

Xuroson, Movarounnahr, Sharqiy Turkistonda musulmon dini tarqalgach, turkiy sulolalarda ham ayollarning mavqei saqlanib qolgan va ular X. unvoni bilan davlat ishlarida katta orin tutganlar. Jumladan, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Temuriylar va bir qator boshqa turkiy davlatlarda X.larning mavqei baland bolgan. Mac, Xorazmshohlar davlatini boshqarishda Muhammad Xorazmshoh onasi Turkon xotunnnng izmidan chiqmagan.