ⓘ Xoxlov elchiligi - rus podshosi M.F.Romanov Buxoro xoni Imomqulixon huzuriga boyar Ivan Danilovich Xoxlov boshchiligida yuborgan diplomatik missiya. Imomqulixon ..

                                     

ⓘ Xoxlov elchiligi

Xoxlov elchiligi - rus podshosi M.F.Romanov Buxoro xoni Imomqulixon huzuriga boyar Ivan Danilovich Xoxlov boshchiligida yuborgan diplomatik missiya. Imomqulixon tomonidan yuborilgan Odambiy rahbarligidagi elchilik ka javoban jonatilgan. I.D.Xoxlovga avvalo Buxoro xonini Rossiya bilan savdo va dostona aloqalar ornatishga kondirish, Buxorodagi rus asirlarini ozod etish, Buxoro xonligining Turkiya, Eron, Gruziya, Xiva xonligi bilan aloqalari qanday ekanligi, Buxoroning harbiy qudrati haqida maxfiy malumotlar toplash va boshqa vazifalar yuklatilgan. Elchilar Qozondan 1620 y. 21 iyunda Buxoro va Xiva elchilari Odambiy va Rahimqul hamrohligida yolga chiqqanlar. Ular Astraxon - Kaspiy dengizi - Topqaragan pristani - Urganch - Xiva - Xonqa - Qizilqum - Xayrobod - Buxoro yonalishi bilan manzilga yetib kelishgan. Elchilarni Imomqulixon yaxshi kutib olgan. Saroydagi 23 rus askari ozod qilingan, qolgan asirlar esa turli sabablarga kora ozod etilmagan. I.D.Xoxlovning hisobotida xonlikning ichki va xalqaro ahvoli, Buxoro xonligidagi ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy vaziyat, shuningdek, etnografik xarakterdagi malumotlar toplangan.

Ad.Axmedov B.A., Istorikogeograficheskaya literatura Sredney Azii XVI - XVIII vv. Pismennie pamyatniki, T., 1985; Gulyamov X.T., Iz istorii diplomaticheskix otnosheniy Rossii s Buxarskim xanstvom v XVIII v., T., 1992.