ⓘ Xoqon, qagan, qoon - Markaziy Osiyolik ayrim xalqlarda, shu jumladan, turkiy xalqlarda hukmdorlarning eng oliy unvoni. Ushbu unvon imperator, shahanshoh unvonla ..

                                     

ⓘ Xoqon

Xoqon, qagan, qoon - Markaziy Osiyolik ayrim xalqlarda, shu jumladan, turkiy xalqlarda hukmdorlarning eng oliy unvoni. Ushbu unvon imperator, shahanshoh unvonlari bilan teng manoni bildirgan.

Milodiy 4 asrdan to songgi orta asrlargacha Markaziy Osiyo, Shim. Xitoy, Shim. Kavkaz, Jan. Rossiya, Sharqiy Yevropa, Eron, Hindiston va boshqa olkalarda hukm surgan turkiy sulolalar aksariyatida hukmronlar uchun qollangan. Dastlab mil. av. 1-asrda Osiyo hunlarida koringan ushbu unvon Yevropa hunlari - tabgach kelib chiqishi turkiy bolgan Xitoydagi Shim. Vey sulolasi, Avar xoqonligi Sharkdy Yevropada, Turk xoqonligi, Xazar xoqonligi, Uygur xoqonligi davlatlarida mavjud bolgan.

Keyinchalik, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Temuriylar, Usmoniylar davlatlarida ham yuksak unvon sifatida qollanilgan. Bundan tashqari, ushbu unvon turkiylar bilan qoshni bolgan boshqa xalqlarda: slavyanlarda Kiyev Rusi davlati, mogullar Chingizxon imperiyasida ham ishlatilgan yana q. Xon. Ayniqsa, Turk xoqonligi davrida oliy hukmdor sifatida davlat tepasida X.lar turgan. Bu davrga taalluqli qad. turkiy, xitoy, yunon, arman, suryoniy, sugdiy, baqtriy, tibet tilidagi manbalarda turk X.lari haqida malumotlar saqlanib qolgan. Xitoy yilnomalarida X.larning taxtga chiqish marosimi haqida keng tafsilotlar berilgan. Jumladan, X. boladigan shaxs oq kigiz ustiga otirgizilib, 9 kishi tomonidan yuqoriga kotarilgan holda otov chodirning atrofida quyosh yonalishida 9 marotaba aylantirilgan. Songra esa ipak romol bilan tomogi siqilib, undan qancha yil hukmdor bolishi soralgan, ogzidan chiqqan birinchi tovush yoki sozga qarab, uning qancha muddat hukm surishi tayin kilingan. Shunga oxshash malumotlar yunon, arab, fors, turkiy manbalarda ham saqlanib qolgan.

Turk xoqonligi davrida, jumladan, 6 - 8-asrlarda Markaziy Osiyoning bir qancha olkalarida; Toxariston, Sugd, Fargona, Choch, Yettisuvda "xoqon" unvoni bilan tangalar chiqarilgan.

                                     

1. Adabiyotlar

  • Bichurin N.Ya., Sobraniye svedeniy o narodax obitavshix v Sredney Azii v drevniye vremena, t. 1 - 3, M. - L., 1950 - 1953.
  • Klyashtornyy S. G., Savinov D. G., Stepnyye imperii drevney Yevrazii. Sankt-Peterburg: Filologicheskiy fakultet SPbGU, 2005