ⓘ Xrestomatiya - talimning biror sohasi boyicha muayyan ichki tamoyillar asosida tartib bilan berilgan oquv kitobi. X. ozbek tilida majmua deb ham yuritiladi. Ula ..

                                     

ⓘ Xrestomatiya

Xrestomatiya - talimning biror sohasi boyicha muayyan ichki tamoyillar asosida tartib bilan berilgan oquv kitobi. X. ozbek tilida "majmua" deb ham yuritiladi. Ular ilmiy, badiiy, memuar, publitsistik asar yoki ulardan olingan parcha yoxud turli hujjatlardan iborat bolishi mumkin. Odatda, X.ga kiritilgan materiallar ayni turdagi maktabda oqitiladigan muayyan oquv predmetining maqsadiga muvofiq tarzda tanlanadi. Umumtalim maktablari amaliyotida ijtimoiygumanitar yonalishdagi deyarli barcha fanlar boyicha X.lar tuzish tajribasi mavjud. Ular oquvchilarda mustaqil oqish va ilmiy adabiyotlardan foydalanish malakasini shakllantirish jihatidan katta ahamiyat kasb etadi. "X." atamasi ilk bor mil. 4-asrda yunon grammatigi Elladiy tomonidan yunon yozuvchilarining asarlaridan olingan parchalar toplamiga nisbatan qollanilgan. Shundan buyen Yevropa talim tizimida bu didaktik ashyodan foydalanib kelinadi. Kdd. Turkiston maktabxona va madrasalaridagi talim jarayonida talabalarning mustaqil oqishi uchun foydalanilgan bayozu kulliyotlar ham oziga xos X. xdsoblangan. Ozbekistonda bevosita pedagogik maqsadda tartib bilan berilgan X.lar ilk bor 20-asr boshlarida Munavvar sori, Abdulla Avloniy, Hamza va boshqa jadid marifatchilari tomonidan yangi usul maktablari oquvchilari uchun tayyorlangan. 20-asrning 20-yillari ortalarida chop etilgan Elbekning "Gozal yozgichlar", Cholponning "Adabiyot parchalari" singari majmualari tola manodagi oquv X.laridir. 20-asrning 50-yillaridan buyen maktab oquvchilari va oliy oquv yurtlari talabalari uchun muntazam ravishda X.lar nashr qilib kelinadi.

Ozbekiston mustaqillikka erishgandan keyin ham umumtalim maktablari va oliy oquv yurtlarida ukitiladigan ijtimoiygumanitar yonalishdagi turli fanlardan X.lar tayyorlanmoqda. X.da berilgan matnlar, odatda, asari organilayotgan yozuvchi, faoliyati togrisida malumot berilayotgan tarixiy shaxslar, tanishish uchun berilgan hujjatlar haqidagi malumot hamda izohlar bilan taminlanadi. X.lar didaktik apparatining mukammalligi uning pedagogik jihatdan samaradorligini taminlaydi. X. materiallari tarixiyxronologik, mavzuviy yoki janriy xususiyatlariga kora joylashtiriladi. X.lar orasida adabiyot buyicha tuzilgan oquv majmualari alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki ular oquvchilarga bevosita badiiy asar matni bilan tanishish imkonini berib, ularni mustaqil fikrlashga orgatadi. UzR umumtalim tizimi amaliyotida adabiyot Xlaridan foydalanish tajribasi keng yoyilgan. Adabiyot X.lari qaysi tamoyillarga kora tuzilgani, materiallar kanday asoslarda tanlangani va joylashtirilganiga kora umumlashtiruvchi, yonalishli va tizimli singari turlarga ajratiladi. Umumtalim maktablarining 5 - 7sinflarida umumlashtiruvchi, 8 - 9sinflarida yonalishli, 10 - 11-sinflarida tizimli X.lardan foydalaniladi. X.larning hajmini belgilashda uning qaysi sinf oquvchilariga moljallangani va qaysi oquv faniga doyr ekanligi hisobga olinadi.

Qozoqboy Yoldoshev.