ⓘ Xromatida - xromosomaning tuzilma elementi. Hujayra yadrosi interfazasi davrida DNK molekulasining ikki hissa ortishi natijasida hosil boladi. X. mitozning meta ..

                                     

ⓘ Xromatida

Xromatida - xromosomaning tuzilma elementi. Hujayra yadrosi interfazasi davrida DNK molekulasining ikki hissa ortishi natijasida hosil boladi. X. mitozning metafazasida ayniqsa yaxshi korinadi. Bu davrda xromosoma 2 ta X.dan iborat. Ular birlamchi belbog orqali ozaro birikkan boladi. Mitoz anafazasida sentromera uzilib, X. yangidan hosil boladigan qizlik yadrolarga tarqaladi va mustaqil xromosomalarga aylanadi. "Meyozda gomolog xromosomalar ozaro yaqinlashib, tortta xromatidadan iborat tetradani hosil qiladi. X. ortasidagi farq krossingover natijasida yoki har xil X.ning qismlari ortasida ozaro almashinuv tufayli paydo boladi. Ayrim fizik va kimyoviy omillar tasirida bunday almashinuv tezlashadi. Almashinuvlar natijasida irsiy xilmaxillik ortadi.