ⓘ Xromatin - osimlik va hayvon hujayralari yadrosidagi xromosoma moddasi. Asosiy boyagichlar tasirida kuchli rangga kiradi; hujayralar bolinganda xromosomalarda m ..

                                     

ⓘ Xromatin

Xromatin - osimlik va hayvon hujayralari yadrosidagi xromosoma moddasi. Asosiy boyagichlar tasirida kuchli rangga kiradi; hujayralar bolinganda xromosomalarda malum shaklni oladi. "X." terminini 1880 yilda fanga nemis gistologi V.Flemming kiritgan. Hozirgi zamon sitologiyasida X. deb interfazadagi xromosoma moddasi tushuniladi. X. tarkibiga dezoksiribonuklein kislota, ribonuklein kislota, gistonlar va giston bolmagan oqsillar kiradi. X.ning asosiy tarkibi dezoksiribonukleoproteid iplaridan iborat.