ⓘ Xronika - 1 adabiy janr. Voqealarning tarixan izchil bayonini uz ichiga oladi. X.da vaqt tarixiy jarayonning subyekti tarzida aks etadi. X. syujeti vaqtning uzg ..

                                     

ⓘ Xronika

Xronika - 1) adabiy janr. Voqealarning tarixan izchil bayonini uz ichiga oladi. X.da vaqt tarixiy jarayonning subyekti tarzida aks etadi. X. syujeti vaqtning uzgarishi tasirida uyushtiriladi, asar voqealari va personajlar takdiri vaqtga bogliq holda ozgaradi. X. syujetini real tarixiy vaqtdan boshlangan voqealar surati, davomiyligi, tartibi va ritmi tashkil etadi. X. dastlab miflar va epik syujetlarning tarixiy asosini belgilovchi unsurlar shaklida namoyon bolgan. Qad. Injil kitoblarida va island sagalarida X.dan foydalanilgan. Orta asrlarda X. mustaqil tarixiy janr - yilnomalarda kop uchraydi. Uygonish davridan boshlab X. materiallaridan badiiy maqsadlarda foydalaniladi. Shekspir dramalarida X. unsurlari ishlatilgan. Keyinroq xronikal bayon usullarini qollash estetik mano kasb etdi. 20-asrda epik usul taraqqiyoti bilan bogliq holda va adabiyotning hujjatlilikka intilishi tufayli X. keng avj oldi ; 2) vaqtli matbuotda, radio, televideniye, kinoda siyosiy, xujalik, madaniy va boshqa hayotga oid kundalik voqealarni axborot tarzida yorituvchi material.