ⓘ Xronograf - qisqa vaqt oraliqlarini olchash va biron bir voqeaning sodir bolish vaqtini aniq qayd qilish uchun moljallangan asbob. Qayd qilish anikligi 0.001 s. ..

                                     

ⓘ Xronograf

Xronograf - qisqa vaqt oraliqlarini olchash va biron bir voqeaning sodir bolish vaqtini aniq qayd qilish uchun moljallangan asbob. Qayd qilish anikligi 0.001 s. Qayd qilish usuliga kora, yozma, bosma va foto turlarga bolinadi. Yozma X.da voqeaning sodir bolish payti bir tekis harakatlanib turuvchi qogoz lentaga oziga xos tuzilishdagi perolar yordamida qayd qilinadi. Bosma X.da perolar orniga igna ishlatiladi. Bunday X.da 4 ta aylanuvchi disk bolib, ularning gardishida soat, minut, sekund va sekund ulushlari kursatiladi, ulushlar doirasi 1 sekundda, sekundlar doirasi 1 minutda, minutlar doirasi 1 soatda va soatlar doirasi 24 soatda bir marta aylanadi. Qayd qilinadigan vaqt yozuv mashinkasi lentasi orqali qogoz lentaga bosiladi. Foto X.da vaqtni korsatuvchi doiralarning malum kdemi chaknovchi lampa yorugligi yordamida fotoplyonkaga tushiriladi. Astronomiya, geodeziya, aviatsiya va dengiz navigatsiyasida aniq soat - xronometrdan foydalaniladi.