ⓘ Xronologiya - 1 tarixiy voqealarning davriy tadrijiyligi; 2 vaqt olchovi haqidagi fan. Astronomik X. fazodagi hodisalarning qaytarilib turish qonuniyatlarini or ..

The Beach Boys

The Beach Boys 1961-yilda AQSHning California shtatidagi Hawthorne shahrida tashkil topgan rock guruhidir. Guruhning asl tarkibi aka-ukalar - Brian, Dennis va Carl Wilson, ularning jiyani Mike Love hamda dosti Al Jardinedan iboratdir. The Beach Boys jahondagi eng taniqli va tijorat jihatdan muvaffaqiyat qozongan guruhlardan biri bolib, umumjahon boylab 100 milliondan oshiq audioyozuvlarni sotgan. Guruh psychedelia, power pop, progressive rock, punk, alternative va lo-fi kabi musiqiy janrlar rivojlanishida muhim tasir korsatishgandir.

                                     

ⓘ Xronologiya

Xronologiya - 1) tarixiy voqealarning davriy tadrijiyligi; 2) vaqt olchovi haqidagi fan. Astronomik X. fazodagi hodisalarning qaytarilib turish qonuniyatlarini organadi va aniq astronomik vaqtni belgilaydi. Tarixiy X. - yordamchi tarix fani; turli xalqlar va davlatlar yil hisobi tizimi va taqvimlarini organadi, tarixiy voqealar sodir bolgan sanalarni va tarixiy manbalar yaratilgan vaqtni aniklashda yordam beradi. X. taraqqiyot bosqichlarining vaqtini aniqlash demakdir. Bu esa alohida tarixiy voqealar, mehnat qurollari, hunarmandchilik va xojalikning rivoji, uyjoylar, qishloqlar va shaharlarning qurilishi, davlatlarning tashkil topishi va madaniyat taraqqiyoti yutuqlari vaqtini aniqlashni anglatadi.

Yozma manbalar asosida aniq sanalar belgilanadi. Arxeologik malumotlarga asoslangan X. yuz va ming yilliklar bilan olchanadi.

Bobil, Misr, Yunoniston va Rimda shakllangan X. orta asrlarda Turonda rivojlandi. Beruniynnng 1000-yilda yozilgan "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" "Xronologiya" asarida jahondagi turli xalqlar tarixi va madaniyati ixcham tarzda oz aksini topgan. X.dagi tarixiy izchillikni fanga 16-asrda fransuz J.Skaliger kiritdi. Hozirgi paytda X.ning taraqqiyoti bu fanning arxeologiya, tabiiy fanlar, statistika va boshqa bilan ozaro hamkorligiga bogliqsir.