ⓘ Xudoydod, Xudododi Husayniy, Xudoydod Bahodir - Amir Temur sarkardalaridan biri. Seyiston, Mozandaron, Toxtamishxonga qarshi yurishlarda faol qatnashgan, qoshin ..

                                     

ⓘ Xudoydod

Xudoydod, Xudododi Husayniy, Xudoydod Bahodir - Amir Temur sarkardalaridan biri. Seyiston, Mozandaron, Toxtamishxonga qarshi yurishlarda faol qatnashgan, qoshinning chap qanotiga tayin etilgan. Xalil Suyagponta otabeklik qilgan, keyinchalik u bilan nizolashib qolgan. Sohibqiron vafotidan keyin yuz bergan barcha voqealarda muhim rol oynagan. Xojand va Fargona osha vaqtda uning hukmronligi ostida bolgan.

Sohibqironning Xitoyga yurishi chogida Xalil Sulton bosh bolgan qoshinning sol qanotida ogruqqa rahbarlik qilgan. Sohibqiron vafotidan song ogruq bilan Xalil Sultondan ajralib chiqib, AchchiqParkentga ketgan va Sirdaryo ortida isyon kotargan. X. mogullar bilan sulh tuzib Sohibqiron egallagan barcha yerlarni ularga qaytarib bergan. X. Jizzaxga chopqun qilib, Amir Temurning ot uyurlarini haydab ketgan.

1407 y. Xalil Sulton X.ga qarshi yurish qilgan. Xojand va Shohruxiya unga jangsiz taslim bolgan. Toshkent uzoq qamaldan song taslim etilgan. Toshkentdan shim.dagi Sharobxona mavzeida Xalil Sulton qoshiniga X. va Shayx Nuriddinlar qoqqisdan tungi hujum - shabixun uyushtirganlar. Xalil Sulton katta talafot bilan Samarqandga chekingan. 1409 y. Shohrux Movarounnahrga qoshin tortganidan foydalangan X. Uratepani egallab olgan. Xalil Sulton unga qarshi oz sonli qoshin 4 ming kishi bilan otlangan, biroq Samarqand yaqinidagi Sultoniya yoxud Sherozda X. unga katta qoshin bilan qoqqisdan hujum qilib, uni asir olgan 1409 y., 30 mart va Samarqandni egallagan. Shohrux unga qarshi 7 aprelda qoshin tortib, X.ni kop marotaba oz ixtiyori bilan tobe bolishga davat etgan. X. unga raqibi Shayx Nuriddinni qoloyogi boglangan holda jonatishlarini talab etgan. Shohrux buni rad etib, Sirdaryoga qoshin tortgan. X. mogullar tomonidan qatl etilgan.