ⓘ Xulm, shahar. Xulm - orta asrlarda Toxaristonta tobe bolgan qad. shahar. Balxning sharkiy tarafida, Amudaryodan 6 farsax narida, Hindukush togidan oqib keladiga ..

                                     

ⓘ Xulm (shahar)

Xulm - orta asrlarda Toxaristonta tobe bolgan qad. shahar. Balxning sharkiy tarafida, Amudaryodan 6 farsax narida, Hindukush togidan oqib keladigan X. soyi boyida joylashgan. Uning xarobalari Toshqorgon sh. ning shim.garbiy tarafida bolgan. 7-asrda xitoy sayyoxi Syuan Szan Toxaristondagi Xulin yoki Xuyenmo mulkini qayd etib otgan. U yerda 10 ta budda monastiri va 500 ga yaqin rohib bolgan. X. shahri 706 y. arablar tomonidan bosib olinib, vayron etilgan, lekin tez orada qayta tiklangan. 737 y. X.da arablarning qorikchilari joylashgan. 9-asrda shaharda jome masjidi bolgan; arablarning azdiy, bakr, tamim va qays qabilalari yashagan. 10-asrda X. kichik shahar bolsada, koplab qishloklari va ekinzorlari bolgan keng rustoqqa ega edi. Mahmud ibn Valinyang yozishicha, X.ning havosi toza bolib, ertayu kech tinmaydigan shamol esgan, uni "X. shamoli" deb atashgan. 10-asrda X. daryosidan shahar atrofini sugorish uchun kanallar chiqarilgan. 15-asrda temuriylar davrida X.ning pul zarb etiladigan oz zarbxonasi bolgan. 17-asrda X. Balx viloyatining eng asosiy shaharlaridan hisoblangan. 18-asrda X.ning jan.sharqida Toshqorgon shahriga asos solingan, u Hindistondan Buxoroga keladigan savdo yolida muhim ahamiyatga ega bolgan. Keyinchalik X. astasekin tanazzulga uchrab, 19-asrning 2-yarmida tashlandiq holga kelgan.