ⓘ Xulosa chiqarish - tafakkurning asosiy mantikiy shakllaridan biri. Unda mantiqning malum qoidalari yordamida bir yoki bir necha hukm dan yangi hukm chiqariladi. ..

                                     

ⓘ Xulosa chiqarish

Xulosa chiqarish - tafakkurning asosiy mantikiy shakllaridan biri. Unda mantiqning malum qoidalari yordamida bir yoki bir necha hukm dan yangi hukm chiqariladi. Xulosa chiqarish chin asoslarga tayansa va togri mantikiy kridalardan foydalansa, u vaqtda chiqarilgan xulosa ham chin boladi. Bu prinsipga amal qilmaslik Xulosa chiqarishda xatoga olib keladi. Mas, "hamma mustaqil davlatlar BMT ga azo" va "Ozbekiston mustaqil davlat" degan chin asoslardan mantikiy qoidalarga rioya qilingan holda "Ozbekiston BMT ga azo" degan togri xul osa kelib chiqadi. Voqelikni bilish jarayonida yangi bilimlarni hosil qilishning - Xulosa chiqarishning turli usullari mavjud. Asoslarining soniga kora, bevosita va bavosita Xulosa chiqarish, xulosaning chinlik darajasiga kora, zaruriy va ehtimoliy Xulosa chiqarish, fikrning harakat yonalishiga kora, deduktiv, induktiv va analogiya kabi turlarga bolinadi. Xulosa chiqarishni fikrning harakat yonalishiga kora turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bolib, u Xulosa chiqarishni boshqa turlari haqida ham malumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv Xulosa chiqarish zaruriy Xulosa chiqarish deb, induktiv Xulosa chiqarish va analogiya ehtimoliy Xulosa chiqarish deb karalishi, bevosita Xulosa chiqarish esa deduktiv Xulosa chiqarishning bir turi sifatida organilishi mumkin.

Xulosa chiqarish nazariyasining yaratilishi va uni rivojlantirishda Aristotel, Forobiy, Ibn Sino, F. Bekon, M.I.Karinskiy, L.V.Rutkovskiy va boshqa mantiqshunos olimlarning xizmati katta.