ⓘ Xulq, xulq-atvor - axloqshunoslik tushunchalaridan biri. Insonning fel atvori bilan bogliq axloqiy hodisa bolib, kishi felining axloqiylik doirasida namoyon bol ..

                                     

ⓘ Xulq

Xulq, xulq-atvor - axloqshunoslik tushunchalaridan biri. Insonning fel atvori bilan bogliq axloqiy hodisa bolib, kishi felining axloqiylik doirasida namoyon bolishi tushuniladi. Insonning axloqiylik doirasidagi xatti-harakatlari X.dan tashqari odob va axloqkp oz ichiga oladi. Odob inson haqida yoqimli taassurot uygotadigan, lekin oila, jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida ozgarish yasaydigan darajada ahamiyat kasb etmaydigan xatti-harakatlardan iborat bolsa, axloq - muayyan jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun tasir eta oladigan turli xatti-harakatlar majmui, insoniy kamolot darajasini belgilovchi manaviy hodisa. X. qamrovlilik jihatidan ana shu ikki hodisa ortasidagi xususiyatlarga ega; u odobdan keng, axloqdan tor manoga ega bolib, axloq singari jamiyat, zamon, tarix miqyosidagi voqelikka tasir korsata olmaydi. Lekin, oila, mehnat jamoasi, mahalla koy doirasida sezilarli darajada kozga tashlanadi. Axloq ozini ezgulik va yovuzlik, adolat, insonparvarlik, fidoyilik singari ijtimoiylashgan tushunchalar va tamoyillarda namoyon qilsa, X. yaxshilik va yomonlik, burch, jomardlik, mehmondostlik kabi tushunchalarda aks etadi, odob esa kamtarlik, insoflilik, bosiqlik, halollik, rostgoylik va boshqa axloqiy meyorlarda ifodalanadi. Sharq falsafasi va axloq ilmida mazkur uch axloqiy hodisa, juda qatiy chegaralangan bolmasada, bir-biridan farqli tarzda olib qaralgan. Yevropada esa X. bilan axloq kop hollarda aynanlashtiriladi yoki ular bir-biriga sinonim tushunchalar sifatida talqin etiladi.

X. ozicha, "sof" olinganda mavhum axloqiy hodisa, u inson xatti-harakatlarida aniqlik kasb etadi; ijobiy xatti-harakatlarda namoyon bolishi - xushxulqlilik, salbiy amollardagi korinishi - badxulqlilik deb ataladi. Xushxulq inson muloyim, shirinsuxan, oqkongil,mexribonlik bilan munosabatda bolsa, badxulq odam qopol, ogzi shaloq, bemehr va h.k. boladi.