ⓘ Xumkalla qongizlar, yer kavlagich qongizlar - plastinka moylovlilar oilasiga mansub qongizlar. Xumkalla qongizlar tanasi qisqa va yogon ; boshi va oldkokrak yir ..

                                     

ⓘ Xumkalla qongizlar

Xumkalla qongizlar, yer kavlagich qongizlar - plastinka moylovlilar oilasiga mansub qongizlar. Xumkalla qongizlar tanasi qisqa va yogon ; boshi va oldkokrak yirik, qorni va kokragining keyingi ikki segmenta nomutanosib tarzda kichik. Ustqanot chokidan qoshilib osgan, qanoti yoq. Yuqori jaglar, ayniqsa, erkagida kuchli rivojlangan bolib, turtib chiqqan. Qongizlari qishlaydi. Erta bahorda qoriq, tashlandiq, partov va boshqa yerlarda shoxobchali uzun in yasaydi. Urgochisi shu in tarmoqchalari chetiga chuqurchalar yasab, bittadan tuxum qoyadi, ustini lichinkalar oziqlanishi uchun osimlik poyasi, bargi, shoxchalar bilan yopadi. Urgochisi hammasi bolib 8 - 11 ta tuxum qoygach, in yollarini tuproq bilan bekitib qoyadi. Xumkalla qongizlar Orta Osiyoda keng tarqalgan. Qongizi lalmi yerlar hamda cholga yondosh dalalardagi, ayniqsa, yangi ozlashtirilgan joylardagi ekinlarga katta zarar yetkazadi. Xumkalla qongizlar turli ekinlarni, koproq bugdoy, arpani, shuningdek, qisman beda va gozani shikastlaydi. Kurash choralari: Xumkalla qongizlar kopayishi uchun qulay qoriq va partov yerlarni ozlashtirish; himoya yoki tutqich ariqchalar qazish. Ekin dalalari cheti hamda unga yondosh yerlardagi osimliklarga xlorofosning 80%li texnik eritmasini va hollanuvchi kukunini sepish.