ⓘ Xurrak, xurrak otish - nafas yolidan otayotgan havo oqimi tasirida hosil boladigan tovush. Bunga kichik tilchaning havo otayotganda tebranishi, yani vibratsiyas ..

                                     

ⓘ Xurrak

Xurrak, xurrak otish - nafas yolidan otayotgan havo oqimi tasirida hosil boladigan tovush. Bunga kichik tilchaning havo otayotganda tebranishi, yani vibratsiyasi sabab boladi. Ogizni ochib va chalqancha yotib uxlaganda kishi X. otadi, chunki bunda yumshoq tanglayning ota boshashishi uchun sharoit yaratiladi.

Burunhalqum tuzilishidagi oziga xos tugma xususiyatlar yoki surunkali yalliglanish kasalliklari: shumov, gaymorit, tonzillit, pnevmoniya, astma, shuningdek, burun poliplari va adenoidlar ham X. otishga sabab boladi. Bazi kasalliklarda, mas, difteriyadan song paydo bolgan yumshoq tanglay falajida, miyaga qon quyilganda, miya ezilganda ham bemor X. otishi mumkin. Kop X. otadigan odam yonboshlab yotishga, yostigi iloji boricha baland bolishiga harakat qilishi lozim; mexanik mikromassaj, issiq qilish, ultratovush, lazer kabi muolajalar yaxshi naf beradi. Burundan normal nafas olishni tiklash maqsadida bazan xirurgik operatsiya qollanadi.