ⓘ Xojalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar - xojalik faoliyatini tashkil etish yoki bevosita i.ch. jarayoni bilan bogliq holda yuzaga kelib shaxsning sogligiga yok ..

                                     

ⓘ Xojalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar

Xojalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar - xojalik faoliyatini tashkil etish yoki bevosita i.ch. jarayoni bilan bogliq holda yuzaga kelib shaxsning sogligiga yoki jamiyat manfaatlariga yoxud davlatning iktisodiy tizimiga zarar yetkazuvchi jinoyatlar. Xojalik faoliyati sohasidagi jinoyatlars.j.ni 2 guruhga: xojalik faoliyatini tashkil qilish bilan va bevosita xojalik i.ch. jarayoni bilan bogliq holda yuzaga keluvchi jinoyatlarga bolish mumkin. Xojalik faoliyatini tashkil qilish bilan bogliq holda yuzaga keluvchi jinoyatlar asosan i.ch. jarayonidan oldingi bosqichda, yani xojalik faoliyatini yuritish uchun zarur tashkiliy choratadbirlarni amalga oshirish bosqichida yuzaga keladi. Ushbu guruhdagi jinoyatlarga, Ozbekiston Respublikasi JKga kora, savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shugullanish, faoliyat bilan litsenziyasiz shugullanish, qonunga xilof ravishda axborot toplash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish, raqobatchini obrosizlantirish kabi jinoyatlar kiradi. Bevosita xojalik i.ch. jarayoni bilan bogliq holda yuzaga keluvchi jinoyatlar asosan mahsulot i.ch., xizmat lar korsatish, ishlar bajarish jarayonida, shuningdek, xojalik faoliyati natijalarini realizatsiya qilish bosqichida yuzaga keladi. Ushbu guruhdagi jinoyatlarga Ozbekiston Respublikasi JKga kora, sifatsiz mahsulot i.ch. va sotish, etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda i.ch. yoki muomalaga kiritish, savdo yoki xizmat korsatish qoidalarini buzish kabi jinoyatlar kiradi.

Xojalik faoliyati sohasidagi jinoyatlars.j. oddiy va maxsus subyektlar tomonidan sodir etilishi mumkin. Jinoyatning oddiy subyektiga xojalik mahsulotlarini i.ch., xizmatlar korsatish, ishlar bajarishni bevosita amalga oshiradigan, tashkil qiladigan, shuningdek, realizatsiya qiladigan fuqarolar kiradi. Bunday subyektlar tomonidan jinoyat sodir etilishi Xojalik faoliyati sohasidagi jinoyatlars.j.ning asosiy tarkibini tashkil etadi. Jinoyatning maxsus subyektlariga mansabdor shaxslar, uyushgan guruh, takroran jinoyat sodir etgan shaxslar hamda xavfli retsidivistyaar kiradi. Ushbu toifadagi jinoyatlar maxsus subyektlar tomonidan sodir etilganda jinoyatni ogirlashtiruvchi holat sifatida inobatga olinishi kerak. Yani xojalik faoliyati sohasidagi jinoyatlarni oddiy yoki maxsus subyektlar tomonidan sodir etilishi jinoyat kvalifikatsiyasiga bevosita tasir qiladi.

Xojalik faoliyati sohasidagi jinoyatlars.j., asosan, harakat bilan, ayrim hollarda aralash tarzda harakat va harakatsizlik bilan sodir etilishi mumkin savdo yoki vositachilik faoliyati bilan konunga xilof ravishda shugullanish, faoliyat bilan litsenziyasiz shugullanish. Ushbu toifadagi jinoyatlar fakat bir holatda, yani savdo yoki xizmat korsatish qoidalarini buzish jinoyatida harakatsizlik orqali sodir etilishi mumkin. Xojalik faoliyati sohasidagi jinoyatlars.j. aksariyat hollarda qasddan, shuningdek, ehtiyotsizlik orqali ham sodir etiladi.

Xojalik faoliyati sohasidagi jinoyatlars.j. uchun jarima, axloq tuzatish ishlari, qamoq, ozodlikdan mahrum etish kabi jazolar qollanadi. Bunday jinoyatlarning deyarli barchasida muayyan huqukdan mahrum etish jazosi asosiy jazo sifatida qollanishi ushbu toifadagi jinoyatlar uchun jazo tayinlashning oziga xos xususiyatidir. Mirzayusuf Rustamboyev.